Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Toshkentning egallanishi. Ruslar Solor arig’idan o`tib 1865 yil 9 mayda
Toshkentga hujum boshladi. Toshkent jangini o`lkashunos tarixchi Mirza Olim Toshkandiy «Tarixi Turkiston» kitobida, jangni o`z ko`zi bilan ko`rgan M. Solih «Tarixi jadidai Toshkand» nomli qo`lyozma asarida tasvirlagan. Jangda toshkentliklar engilib, birinchi bo`lib qozikolon boshchiligida Sebzorliklar, keyin qipchoqlar, qirg’izlar va Qo`qon qo`shinidagi andijonliklar qochib ketdilar. Alimqul o`lgach, Xudoyorxonning qarindoshi Mirsaid Sulton bosh qo`mondon etib tayinlandi. Toshkent uchun bo`lgan jangda Sulton Sodiqning xizmatlari alohida diqqatga sazovordir. Toshkent bosh o`q-dori ombori portlatilishi falokatni tezlashtirdi. Toshkent vakillari Buxoro amiri Muzaffardan yordam so`raganda amir maqtanchoqlik bilan «rus lashkarboshisi bilan emas, hohlasam borib Rus davlati bilan urishaman» - deb, Qo`qonga qarshi yurishga tayyorlandi. Chernyaev Buxoro yo`lini to`sib, Toshkentga eng so`nggi, asosiy hujumini Kamolon darvozasidan uyushtirdi. Qiyot mahallasining Abdurahmon yasovul boshchiligidagi ko`ngillilar katta jasorat ko`rsatdilar. Ruslar 15 iyunda Toshkent shahrini deyarli egallab olishdi. Biroq qarshilik davom etsada toshkentliklar 1865 yil 17 iyunda muzokara boshlashga majbur bo`ldi. Chernyaev Hakimxo`ja qozikalon, Abdurahmon eshon, domullo Solihbek oxun bilan muzokara o`tkazib, ahdnoma imzoladi. Ahdnomada aholi o`z dinida qolib, shariat asosida ish olib borishi; hovli, bog’ va maydonlar o`z egalarida qoldirilishi kabi shartlar ko`rsatildi. Chernyaev o`z harakatini oqlash uchun oqsoqollardan Toshkent ixtiyoriy ruslarga bo`ysunganligi haqida xat uyushtirib berishni talab qildi. Chernyaev tuzdirgan soxta xat mazmuni: «Turkistonda Farg’ona xonlari zulm o`tkazgan. Farg’ona va Turkiston zaminida qozoq, qirg’iz beboshlari hukmronlik qildi, shuning uchun ruslarga shaharni topshirdik» - deyiladi. Soxta hujjatga Solihbek oxun va shahar kattalaridan 7 kishi imzo chekmadi, ular Sibirga surgun qilindi. Chernyaev ikki yildan so`ng maxsus odam jo`natib Solihbekni zaharlab o`ldirtiradi. Chernyaev soxta ahdnomani to`ldirishni Abdusattor Qoraboshi o`g’liga topshiradi. 252 Toshkent zabt etilgach, Chernyaevga umrbod nafaqa (yiliga 3000 so`m) tayinlanib, oltin qilich sovg’a qilindi. Soxta ahdnomani Peterburgga Abu Sayid va Xodixo`ja savdogarlar olib borishdi. Rossiya bu maktubdan bosqinchiligi tufayli Angliya bilan urishishdan cho`chib xalqro jamoatchilik oldida o`z harakatlarini oqlashga urindi va maktubdan nusxa ko`chirib 1865 yil Rossiyaning Turkiyadagi elchisi N.Ignat’ev orqali Istambulga jo`natildi. Toshkent ruslar qo`liga o`tgach 1866 yilgacha shaharning huquqiy maqomi notayinligicha qoldi. Toshkentni ma’muriy boshqvrish munozarali bo`lib, Chernyaev bu masalada qaltis yo`l tutganligi uchun lavozimidan olinib, Peterburgga chaqirildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling