Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XII-bob: Rossiya imperiyasi O`rta Osiyoni bosib olishi. 1-§. Toshkent bosib olinishi. Turkiston general-gubernatorligi tuzilishi
Qo`zg’olonlar. Xiva xoni Muhammad Aminxon (1845-1855) davrida
Rossiyaning O`rta Osiyoga harbiy tahdidi kuchayib ketdi. Rossiya turkman sardorlari, qoraqalpoq oqsoqol va biylarini Xivaga qarshi qilib, xonlikni parokandalikka uchratishga urindilar. Rossiya turkiy xalqlarni bir-biriga qarshi qo`yib, urug’ boshliklarini sotib olish siyosatini ham ishga soldi. Xiva va Buxoro o`rtasida yana hududiy nizolar ham mavjud edi. Xiva xoni mudofaani oshirish uchun soliqlarni oshirdi. 1855 yil qoraqalpoqlar qo`zg’oloniga Qo`ldovli qabilasidan Ernazarbiy - Olako`z boshchilik qildi. Turkmanlar ham g’alayon ko`tardi. Ernazarbiyning maqsadi ruslar ta’sirida bo`lgan qozoq Zarliqni xon qilish va Rossiya panohida bo`lish edi. Said Muhammad 1856 yil Xiva xoni bo`lgach Ernazarbiy qo`zg’olonini bostirish uchun yasavulboshi Muhammadniyozni yubordi. Ernazarbiy o`zi qurdirgan Qozoqdaryo qo`rg’onida mudofaa jangiga tayyorlandi. Rossiya qutqusi bilan 1858-1859 yy. qo`zg’olon ko`targan qoraqalpoq urug’larining harakat markazi Qo`ng’irot shahri edi. Qo`zg’olonchilarga yordam berish uchun Rus hukumati kema qo`mondoni Butakovga ko`rsatma berdi. Xiva xoni qo`zg’olonchilarni tor-mor qilishni turkman jangovor kuchlari boshlig’i 247 Otamurodxonga topshirdi. Qo`zg’olon bostirildi, Qo`ng’irot shahri va atrofi vayron etildi. Tayanch so`zlar: Qushbegi, Devonbegi, Miroxurboshi, Farroshboshi, Bakovulboshi, Zakotchi, Mirzaboshi, Qushbegiyi poyon, Miropoyon, To`pchiboshi, xitoy, qipchoq, mang’it, kenagas, «14 urug’» aris, Qo`ng’irot arisi: shulluq, jovungir. XII-bob: Rossiya imperiyasi O`rta Osiyoni bosib olishi. 1-§. Toshkent bosib olinishi. Turkiston general-gubernatorligi tuzilishi Bosib olishga tayyorgarlik. XIX asr o`rtalarida Angliya va Rossiyaning manfaatlari Turkistonda to`qnashdi. Angliya Turkiston va Kaspiyning sharqiy tomonlarini egallab olishidan Rossiya xavfsirayotgan edi. XIX asrda Buyuk Britaniya o`z tasarrufidagi Hindiston va Afg’oniston orqali o`zbek xonliklari bilan savdo-diplomatik aloqalar olib borardi. Angliya ayni paytda Rossiya Turkistonni bosib olib Afg’onistongacha etib kelishidan xavfsirayotgan edi. Angliyaning asosiy maqsadi Rossiyaning rejalarini barbod qilib, uchala xonlikni unga qarshi birlashtirish va O`rta Osiyo bozorlarini egallash edi. Angliya xonliklarga maxsus missiya bilan 1841-1842 yy. Stoddart va Konnolini yubordi. Ularning harbiy kuchlarni birlashtirish taklifiga Qo`qon va Xiva rozi bo`ldi, Buxoro amiri Nasrullo elchilarni qatl qildi. Rossiya bundan foydalanib 1853 yil Perovskiy Qo`qon xonligining Oqmachit qal’asini bosib oldi. Inglizlar xonliklarga yordam berish maqsadida to`p qo`yuvchi muhandisni «Mutafo» ismi bilan Qo`qonga jo`natdi. 1858 yil martda Hindistonni mustamlakashtirish va Turkistonda savdo maqsadida maxsus qo`mita ta’sis etdi, natijada ingliz savdogarlari xonliklarga kelib turdi. 248 Rossiya bundan tashvishlanib, dastlabki harbiy harakatlarni Qo`qon xonligiga qaratdi. Rossiyaning Turkistonni bosib olish xarakatlari Harbiy vazirlikda o`z echimiga ega bo`lib, rejada: asosiy zarbani Qo`qon xonligiga berish, Buxoro va Xivaning birlashishiga imkon bermaslik, ular o`rtasida nizoni kuchaytirish yo`llari o`rganib chiqilgan edi. Orenburg general-gubernatoriga ko`rsatma berilib, rejada Qo`qonga qarashli Orolning sharqiy qismi va Sirdaryo quyilishi va o`rta qismidagi qal’alar, so`ngi zarbani xonlik markaziga qaratish ko`zda tutilgan. Rossiya faqat harbiy ustunlik bilan g’alaba qilishni asosiy maqsad qilmasdan qavmlar o`rtasiga nizo solib, xonliklarni kuchsizlantirish choralarni ham ko`rdilar. Turkiy elatlarni ruslar tomoniga og’dirib, ularni Qo`qonliklarga qarshi harakatini qo`llashimiz kerak, - degan fikrlar Sibir’ qo`shinlari qo`mondoni G. Gosfordga tegishli. U riyokorlik bilan Qozoqlardan urug’ boshlig’i Sulton Tezekka oltin medal va faxriy sultonlik choponi berib og’dirib oldi. Qozoq sarkardasi Sulton Sodiq Kenisari o`g’li Turkiston uchun jonini tikkan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling