Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`qon xonligi
Xiva xonligi Xorazm voxasini butkul birlashtirib, eng ko`p aholi o`zbeklar
edi. Yana turkman, qoraqalpoq, qozoqlar, va qisman fors va arablar yashagan. 241 Xorazm vohasining asl aholisi turli turkiy qavm va qabilalarning birlashmasi bo`lib, ular turkiy tilda so`zlashganlar. Buxoro va Qo`qon xonligida davlat tili turkiy o`zbek va fors tili bo`lgan, Xiva xonligida turkiy o`zbek tili davlat tili bo`lgan. Xiva xonligining ma’muriy-hududiy bo`linishi 17 ta beklik va viloyatlarga bo`linib, Beshariq va Qiyotqo`ng’irot noibligi bo`lgan. Xiva shahri bosh vazir va xonning izmida bo`lgan. Poytaxt Xivaning ichki tartibini va xavfsizligini mirshabboshi, shahar qozisi, to`pchiboshi, Ichan va Dishan qal’a qutvoli (komendant) ta’minlagan. Beklik va noibliklarni xon tayinlagan beklar, noiblar idora qilgan. Xiva xoni ijroiy hokimiyatini bosh vazir va xon devoni boshqargan. Bosh vazir, vazirlar, qushbegi, otaliq, rais, qozi kalon, shayxulislom, mirobboshi, to`pchiboshi, inoq, devonbegi, xazinachi, moliya ishlari vaziri, saroy munshisi, yasovulboshi, mahramboshi shaxsan xon tomonidan tayinlangan. Xon ayrim mansablarga nomzod tanlashni bosh vazir, shayxulislom, raislarga topshirgan. Xazinaning sarf-xarajatlari haqida xazinachi yo xonga, yoki bosh vazirga hisob berib borar edi. Xiva xonligidagi eng katta mansab va unvonlar inoq, otaliq va biy bo`lib, inoq, otaliq va biy darajasiga ko`tarilganlar, hatto soliqlardan ozod qilingan. Biy xonning ishonchini qozonsa unga otaliq, inoq unvonlari berilgan. Quyi Amudaryoda yashovchi qoraqalpoq ovullarida mahalliy boshqaruv urf-odatlar asosida amalga oshirilgan. Qo`qon xonligi O`rta Osiyodagi katta hududni egallab, shimolda Rossiya, g’arbda Xiva, Janubda Buxoro davlatlariga chegaradosh bo`lib, tarkabiga Sirdaryoning o`ng sohilidan Olatovgacha, Xo`jand, Toshkent, O`ratepa va Farg’ona vodiysi kirgan. Qo`qon xonligida 3 mln. atrofida aholi yashab, asosan o`zbek, qirg’iz, qozoq, tojiklar edi; kamroq bo`lsada qoraqalpoq, uyg’ur, qipchoq, turkiy qavmlar yashagan. Andijon, Qo`qon, Toshkent shaharlarida. aholi zich yashagan. 242 Sud ishlari uch xonlikda ham ruhoniylar qo`lida edi. Huquq - tartibot masalasi bilan qozilar, muftilar, raislar; shariat va axloq qoidalarini hamda tosh- tarozuni tekshiruvchi mansabdorlar shug’ullangan. Hukmdor xonlikka qarshi harakatlarni ochishga boshchilik qilib umrbod zindon, o`lim jazosiga hukm qilgan. Xukmdor aralshmaydigan darajadagi sudlov ishlariga shariat-panoh - qozi kalon rahbarlik qilgan. Amirlikda Qozi kalon huzurida ta’sis etilgan Devon - A’lam va 12 muftidan iborat bo`lib, ular jinoiy ishni tugallash uchun qaror tuzib bergan. Joylardagi sudlov hokimiyati tuman, beklik, shahar qozilariqo`lida edi. Huquq-tartibot ishlari bilan mirshablar ham shug’ullangan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling