Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`qon xonligi
- Qo`zg’olonlar.
Xiva xonligida soliqlar 25 turga yaqin bo`lib, bular: erdan foydalanganlik
uchun salg’ut solig’i; alg’ut, alg’ut-birla, to`la xo`jalik ish qurollari, hovli va hokazolar uchun; miltiq puli - muntazam qo`shin uchun; tarozu puli, mirobona, darvozabon puli, mushrifona-er maydoni, hosil va hosil miqdorini aniqlovchi uchun to`lanadigan soliq; Afanak puli solig’i-xon farmonni va xabarlarini etkazganlik uchun to`lov; shuningdek, ommaviy ishlardan ozod etilganlik uchun, ruhoniylarga to`lanadigan soliqlar edi. Qo`qon xonligida soliqlar miqdori ko`proq bo`lib, asosan Xiroj va Zakotdan iborat bo`lib, to`lash majburiy bo`lgan. Asosan soliq to`lovchi tabaqalar dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar, savdogarlar, ovchilar bo`lgan. Soliq yig’ish huquqi ikki xil: hassachi va bekliklar ixtiyorida bo`lib, hassachi yig’gan daromad xon xazinasiga, beklik solig’i bek xazinasiga tushgan. Qo`qon xonligida yana: turli xil mollar va hayvonlardan yig’iladigan zakot; to`ylardan (qiz chiqaradigan tomon) olinadigan soliq; meroslarni bo`lishdan tushadigan soliq; do`kon, karvonsaroy, omborxonalardan olinadigan soliq; daryo kechuvlaridan tushadigan soliq; tuz solig’i; xonga qarashli ijaraga berilgan erlardan 244 olinadigan soliq turlari mavjud edi. Donli ekinlar - sholi, bug’doy, jo`xoridan g’allaning 1/5 miqdorida soliq olingan. Mevazor bog’lar - uzumzor, sabzavot, paxta ekiladigan erlardan soliq miqdori egallagan maydoniga qarab belgilangan. Qo`zg’olonlar. Qo`qon xonligida xon farmoni va soliqlar siyosatiga turlicha munosabat bildirishining sababi turli millat va qavmlar yashaganligi uchun bosh ko`targanlar. Qipchoqlar 1852-1853 yy. isyon qilib, Ikki suvda Musulmonqul boshchiligida Xudoyorxon qo`shini bilan jang qiladi. Jang 26 soat davom etib, qo`zg’olonchilar engiladi, Musulmonqul dorga osiladi. Qipchoq-qirg’izlar 1854 yil yana harakat boshlab Andijon va Marg’ilonni ishg’ol qiladilar. Rustamxon va Mirza Munavvar boshchiligidagi qo`zg’olon 1855 yil bo`lib, xon amaldorlarini dorga osadi. Xudoyorxon yon berib, Mirza Munavvarni O`rdaga mirzaboshi qilib tayinlaydi, keyin Toshkentga jo`natib qatl qiladi. 1858 yil Turkiston, Chimkent, Toshkent viloyatlarida qo`zg’olon sodir bo`ladi. Toshkent hokimi Ahmad Parvonachining soliq yig’ishda haddidan oshishi qo`zg’olonga sabab bo`ldi. Qo`ng’irot urug’idan Kanabiyning bo`y etgan qizlari uchun soliq undirishda (20 so`mdan) janjal chiqib, Beshtamg’a va Changiliklar qishlog’i aholisi soliq yig’uvchilarni o`ldiradi. Mallabek 1000 kishilik qo`shin bilan 1858 yil 10 iyulda Toshkentga etib kelib, qo`zg’olonni tinch yo`l bilan hal qilib, soliqlarni ikki marta kamaytiradi, qo`zg’olonchilarga omonlik beradi, bu Xudoyorxonning yon berganligini bildiradi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling