Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Istilochilik boshlanishi.
Istilochilik bosqichlari. O`rta Osiyoni bosib olinishi Rossiya tomonidan 4
bosqichda: 1) 1847-1865; 2) 1865-1868; 3) 1873-1879; 4) 1880-1885 yillarda amalga oshirildi. 1-bosqichda (1847-1864) Qo`qon xonligining shimoliy-g’arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. Bosib olingan hududlarda Orenburg general-gubernotiri tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tuzildi (1865). 2-bosqichda (1865-1868) Qo`qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi. 3-bosqichda (1873-1879) Xiva xonligi bosib olindi (1873) va Qo`qon xonligi tugatildi (1876). 4-bosqichda (1880-1885) turkmanlar bo`ysundirildi. Rossiyaning uzoq tayyorgarligi natijasida 1864-1885 yillarda 20 yildan ortiq vaqt davomida bosqinchilik urushlari olib borildi. O`rta Osiyo xonliklari hududining katta qismi bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi. 249 Istilochilik boshlanishi. Rus imperatori Aleksandr II, harbiy vazir Dolgorukov, graf Perovskiy, Gosford ishtirokidagi 1859 yil bo`lgan saroy kengashida Turkistonni bosib olishni kuchaytirish, Qo`qon xonligini «Bir yoqli» qilishga qaror qildi. Perovskiy Oqmachitning 1852 yil olishga uringan edi, biroq mag’lubiyatga uchradi. U Oqmachitni 1853 yil 28 iyulda bosib oldi, mudofaada hotin-qizlar ham ishtirok etdi. 1860 yil yozida polkovnik Simmerman otryadi Qo`qon xonligida faol harakatlarni qaytadan boshlab Pishpakni bosib oldi. 1861 yil yuqori harbiy va saroy amaldorlari kengashidan so`ng Qo`qonni bosib olish Aleksandr II ning doimiy nazoratida bo`lib, Turkistonga yangi kuchlar safarbar etildi, natijada Oqsuv, Pishtepa, Choldevor bosib olindi. Turkiston va Avliyo otaning bosib olinishi, Chimkent jangi haqida o`lkashunos tarixchi Ishoqxon To`ra «Tarixi Farg’ona» asarida yoritgan. 1864 yil 1 mayda polkovnik Chernyaev Avliyo otani bosib oldi. Turkiston va Chimkent Qo`qon xonligining muhim tayanchi bo`lib, bu shaharlarni sarkarda Alimqul mudofaa qildi. Polkovnik Veryovkin Turkiston aholisi taslim bo`lmasa qirib tashlashini va Yassaviy maqbarasini yakson qilishini ul’timatum tarzida qo`ydi. Alimqul o`z qo`shinini olib chiqib Chimkent jangiga tayyorlandi. Veryovkin 1864 yil 12 iyulda Turkistonni bosib olgach, Turkiston «Shayxul mashoyixi» - Yassaviy maqbarasidagi asori-atiqalarni Rossiyaga jo`natib yubordi. Chernyaev va Meyerning Chimkentga hujumini Alimqul qaytargach, jangni kuzgacha to`xtatib turdi. Turkiston tomondan Chernyaev, Avliyo ota tomondan Larxe 1864 yil sentyabrda Chimkentga hujum qilib, 22 sentyabrda bosib oldi. Chimkent qirg’inini guvohi bo`lgan shoir Kamina bu voqeani «qiyomat kuni» bilan tenglashtirdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling