Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Chor Rossiyasi Qo`qon xonligini bosib olishi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Chor Rossiyasi Qo`qon xonligini bosib olishi 
Ichki nizolar kuchayishi. Kaufman Qo`qon xonligidan tortib olingan 
erlarni rasmiylashtirish uchun Qo`qon xoni bilan shartnoma tuzishga intildi. 
Kaufman ayni paytdi Qo`qon xonligini har tomonlama o`rganish uchun polkovnik 
Shaufusga Qo`qonga ham elchi, ham josus bo`lib borish vazifasini topshirdi. 
Qo`qon xoni Xudoyorxon 1868 yil 29 yanvarda Shaufusni qabul qilib, shartnoma 
tuzdi. Shartnomaga ko`ra rus savdogarlariga Qo`qon xonligida istagan 
karvonsaroyga ega bo`lish, savdo agentlarini tayinlash huquqi berildi.
Qo`qon xonligi savdogarlarining noroziligi kuchayishiga sabab shartnomada 
ular faqat Turkiston general-gubernatorligidagina shunday huquqqa ega bo`ldi. 
Shaufus yiqqan ma’lumotlarda Xudoyorxon ruslar tarafida ekanligi; qarshi 
guruhga Sherali dodxox va Abduraxmon oftobachi boshchilik qilishi qayd etiladi. 
1868 yilgi shartnoma Qo`qon xonligini noqulay ahvolga solib qo`ydi. Qo`qon 
tashqi olamdan uzib tashlandi, chegarasi ancha qisqardi, daromad kamaydi, turli 
soliqlar joriy etildi.
Qo`qon xonligida 1874 yil bahorda yana g’alayonlar boshlanib, Po`latxon 
tarafdorlari qo`zg’olonchilar bilan aloqa o`rnatishga urindilar. 1874 yil 7 noyabrda 
Qo`qonga rus diplomati A.A.Veynberg kelib, 20 kun davomida qo`zg’olon 
sabablarini o`rgandi. U hisobotida qo`zg’olonga olov yoquvchi Musulmonqulning 
o`g’li Abdurahmon oftobochi bo`lib, nizo qabila boshliqlarining mansab 
talashishlari natijasida paydo bo`lganini yozadi. 


262 
Qo`zg’olon qirg’iz va qipchog’larni birlashtirib, o`rtoq xalq ham 
qo`zg’olonchilar tomonga o`ta boshlagani 1874 yil «Sankt-Peterburgskie 
vedomosti» gazetasining 168-sonida xabar qilinadi. Qo`zg’olon noyabrning 
oxirlarida vaqtincha to`xtashining sababi Qo`qon agrar mamlakat bo`lib, hosilni 
yig’ib olishdan hamma manfaatdor edi.
1875 yil bahorda Qorateginda Xudoyorxonning nevarasi Nazarbek, 
O`zganda Po`latxon qo`zg’alon boshladi. Qo`zg’olonchilarga qarshi jo`natilgan 
Abdurahmon oftobachi, Iso Avliyo 1875 yil 15 iyulda qo`zg’olonchilar tomonga 
o`tib ketdi. Shu kunlari Skobelev va Veynberg Qo`qonda edi, Veynberg 
Xudoyorxon bilan uchrashadi.
Xudoyorxonning o`g’li Nasriddinbek 1875 yil 18 iyulda qo`zg’olonchilir 
tomonga o`tib O`sh, Andijon, Asaka, Namanganni bosib oladi. Xudoyorxonning 
ukasi Sulton Murodbek ham 20 iyulda qo`zg’olonchilarga qo`shilib, Marg’ilonni 
egallab, Oltiariqqa yaqinlashadi. YUqori tabaqadagi feodallarning qo`zg’olonchilar 
tomoniga o`tishining sababi: Xudoyorxonning mag’lubiyatiga ishonib o`z 
mavqelarini saqlab qolishga urinishi; qo`zg’olondan foydalanib qo`g’irchoq 
xonzodani taxtga o`tqazish edi; omma ham «odil» xon topilishiga ishonardi. 
Abdurahmon oftobachi, Iso Avliyo, Nasriddinbek, Sulton Murodbek 
qo`zg’olonchilar tarafga o`tayoiganlarida Po`latxonni «valiahd» deb tan oldilar. 
Xudoyorxon 1875 yil 20 iyulda Kaufmandan yordam so`rab xat yozdi. 
Xudoyorxonning ikkinchi o`g’li Muhammad Aminbek 1875 yil 22 iyulda 400 
navkari bilan qo`zg’olonchilar tomonga o`tdi.
Xudoyorxon 22 iyulda Qo`qonning Mo`y Muborak darvozasidan chiqib 
Beshariq orqali Xo`jand tomonga qochdi. Unga yana Veynberg, Skobelev, 
kazaklar, Xudoyorxonning kichik o`g’li O`rmonbek, Otabek noib, mullo Ma’ruf, 
jami 643 kishi (350 askar) hamrox bo`ldilar. Xudoyorxon Toshkentga kelib 
Kaufman bilan uchrashgach, ikkinchi kuni Oreburgga jo`natildi. Keyinchalik u 
Orenburgdan qochib Hindiston orqali Makkaga boradi va qaytishda 1866 yil 
Afg’onistonda vafot etadi.


263 
Xudoyorxon 1875 yil iyulda qochib ketgach taxtga Nasriddinbekning 
o`tirishi haqida «Tarixi Farg’ona» nomli risolada bayon qilinadi. Nasriddinga 
qarshi kurashga Po`latxon bel bog’ladi, xalq uni qo`lladi. Qo`qonda fuqarolar 
urushi xavfi paydo bo`lgach Abduraxmon ruslarga qarshi g’azovot e’lon qildi. 
Po`latxon g’azovotga qarshi bo`lsada, uni ochiq rad qilmasdan katta janglardan 
saqlanib, xalqni o`ziga qaratishga intilib Nasriddin va Abdurahmonning er-mulkini 
xalqqa bo`lib bera boshladi.
Qo`zg’olon yangi hududlarga yoyilib, ozodlik kuchlari Turkiston general-
gubernatorlik chegarasiga yaqinlashib keldi, Parkent ozod qilindi. Kaufman 
ozodlik harakatini bostirish uchun Golovachyov va boshqa qo`shinlarni Ohangaron 
vodiysidagi Telov istehkomi va Xo`jandga jo`natdi. U xalq ozodlik harakatini 
bostirish uchun 1875 yil 9 avgustda urush e’lon qildi.
Avgust oyida qo`zg’olonchilar soni 50 mingga etdi. Kaufman qo`zg’olonni 
tor-mor etishda qo`zg’olonchilar orasiga nifoq solish, ularni parokanda qilish 
siyosatini ishga soldi. U «Bo`lib tashla, hukmronlik qil» shioridan xonliklarni bir-
biridan ajratib, kuchsizlantirishda va xalq harakatini bostirishda foydalandi. 
Kaufman 1875 yil 13 avgustda Qo`qon ahliga murojaatnomasida «sizlar 
qipchoq va qirg’iz xalqining dushmani Oftobachini ushlab topshirsangiz, sizlarga 
omonlik beraman» deyilgan edi. Kaufman xalq harakatini bostirishda qirg’iz va 
qozoq yigitlaridan foydalandi. Po`latxon qo`zg’olonini bostirishda SHabdon 
Jontoev o`z yigitlari bilan faol ishtirok etdi, lekin ko`pchilik qo`zg’olonchilarga 
qo`shildi. Ajabek va Rustambek qo`shini 1875 yil 16 avgustda rus zobiti Gerua 
otryadi bilan to`qnashdi.
1875 yil 22-23 avgustda Qurama uezdining Marham qal’asi jangida 
qo`zg’olonchilar 2000 kishisidan ajraldi. Mingtepa jangida Oftobachi qo`shinidagi 
5000 qo`zg’olonchidan 25-30 kishi omon qolib, O`zganga qochdilar. Mingtepa 
jangida Mirza Hakim parvonachi Kaufmanga yordamchi va maslahatchi 
bo`lganligi uchun Kaufman unga general-mayyor unvoni berilishini so`rab, 
podshoga iltimosnoma jo`natdi.


264 
Nasriddinbek taxtni saqlab qolish uchun xalq harakatiga qarshi turib 
Kaufmanga umid ko`zini tikdi. Kaufman 1875 yil 6 avgustda Rossiya Harbiy 
vazirligiga yo`llagan maktubida «Qo`qonda yangi hokimiyat ruslarga do`stona 
munosabatda bo`lmasa, xonlik bosib olinib, Rossiya hududiga qo`shib yuborilishi» 
- aytiladi.
Qo`qon xoni Nasriddinbek 1875 yil 22 sentyabrda Marg’ilon shahrida 
Kaufman bilan shartnoma tuzishga majbur bo`ldi. Shartnomaga ko`ra 
Nasriddinbek: Rossiya imperiyasining sodiq quliga aylandi; qo`shni davlatlar bilan 
har qanday munosabat olib borish, shartnoma tuzish huquqidan mahrum bo`ldi. 
Rossiya ruxsatsiz urush olib borishdan voz kechdi; Sirdaryoning o`ng sohili, 
Namangan, Chust Rossiya ixtiyoriga o`tdi va 2 mln. so`m tovon to`laydigan bo`ldi. 
Sirdaryoning o`ng tomonida Turkiston general-gubernatorligining Namangan 
bo`limi tashkil qilinib Skobelev boshliq bo`ldi.
Andijon atrofida yana qo`zg’olon boshlanib 60-70 ming kishilik xalq 
harakati qo`shini 1875 yil 28 sentyabrdan 5 oktyabrgacha og’ir janglar olib bordi. 
General-mayor Troiseik qo`shini Andijonni ishg’ol etib, biroq shahardan chiqib 
ketishga majbur bo`ldi. Po`latxonning yordamchisi Valixon 1875 yil 9 oktyabrda 
Qo`qonni ishg’ol qilgach, Nasriddinbek zo`rg’a qochib qutildi. Po`latxon xon 
bo`lgach o`ziga Asakani poytaxt qilib tanladi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling