Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1876 yil fevral
Qo`qon xonligi tugatilishi. Namangan shahrining bir qismini egallagan
Botir To`ra va Iso Avliyo boshchiligidagi 9000 qo`zg’olonchilar Skobelev boshchiligida qo`shimcha kuchlar etib kelgach shahardan chiqib ketdilar. Qo`zg’olon avjiga chiqqan 1875 yil kuzida Po`latxon o`z davlatini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko`rdi. Po`latxonning mavqei oshib borayotganini ko`rib Abduraxmon oftobachi uni tan oldi va unga qo`shildi. Skobelev bu voqeani «ikki kuch birlashib, ruslar bosib olgan erlarni qaytarib olish yo`lidagi harakat» - deb baholadi. Po`latxon Andijonga - Oftobachini, Marg’ilonga - Soqot to`ra udaychini, Qo`qonga - Abdulmo`minni, O`ratepaga - Abdug’affor devonbegini, Qo`rg’ontepaga - Botir To`rani hokim qilib tayinladi. 265 Kaufman va Skobelevning «Ikki suv orasi operasiyasi» deyilgan rejasi: Norin va Qoradaryo orasida qo`zg’olonchilarning asosiy kuchlarini qopqonga tushirish; yirik kuchlarni mayda bo`laklarga ajratib tor-mor qilishdan iborat bo`lib, ushbu yo`nalishda zarbdor kazaklar otryadini to`pladi. Skobelev asosiy hujumni 1876 yil 8 yanvarda Andijondan boshladi. Andijondagi janglarda ruslar ham katta talofat ko`rganini gen. Kuropatkin tan oladi. Ko`p o`tmay Abdurahmon oftobachi, Iso Avliyo va boshqalar xoinlik qilib ruslarga taslib bo`ldi, ularning qo`shini 1876 yil 24 yanvarda tarqatib yuborildi. Po`latxon qo`shini Asakada engilgach Uchqo`rg’onga chekindi. Uchqo`rg’onga Meller-Zakomel’skiyning kazaklar otryadi va Kuropatkinning otliq otryadi hujm qilib qo`zg’olonchilarning asosiy qismini qirib tashladi. Po`latxon 18- 19 fevralda xoinlar tomonidan ruslarga topshirilgach 1876 yil 1 martda Marg’ilon bozorida dorga osildi. Po`latxon qo`zg’oloni 1873 yildan - 1876 yil fevraligacha davom etdi. Kaufman 1876 yil fevralida Skobelevga telegramma jo`natib Qo`qon xonligini Rossiyaga qo`shish va uning o`rnida Farg’ona viloyatini tuzish haqida ko`rsatma berdi. Qo`qon xonligidagi qo`zg’olonlar o`z mohiyatiga ko`ra xalq harakati va milliy-ozodlik kurashi edi. Qo`qon xonligidagi ozodlik harakati haqida Kaufman «Kurash xon bilan emas, balki xalq bilan olib borildi, ruslar hech qachon shunday qattiq va uzoq kurashga duch kelgan emas» degan edi. Kaufman Farg’ona vodiysida yuz bergan harakatni «ochiq yalpi qo`zg’olon» - dedi. Bu kurashda yuqori tabaqa vakillari ham qatnashsada, lekin ularning ko`pchiligi ruslar tomoniga o`tib ketdilar, chor ma’murlari ulardan ozodlik harakatini bostirishda va joylarni o`zlarining qoidalari asosida boshqarishda foydalandilar. O`zbek xonliklarining va xalq harakatining mag’lubiyatga uchrashi eng dolzarb pallada ham ularning birlasha olmaganligi, ichki nizo va ziddiyatlarni bartaraf qila olmasligining oqibati edi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling