Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Turkmanlar bo`ysundirilishi. O`rta Osiyoni bosib olishning 4-bosqichi 
(1880-1885) Amudaryo va Kapettog’ oralig’idagi Qoraqum sarhadlaridagi 
turkmanlarga qarshi qaratildi. Angliya 1879 yil iyulda Afg’onistonning bir qismini 


266 
bosib olgach inglizlar uchun O`rta Osiyoga yo`l ochilgani uchun general Lrzerev 
qo`shini 1879 yil iyulda Krasnovodskdan turkmanlar yashaydigan hududlarga 
jo`natildi. Bu yo`nalishda Ruslarning dastlabki harakatlari natijasiz tugab, rus 
qo`shinlari mag’lubiyatga uchradi. 
Qo`qon xonligiga qarshi yurishlarda tajribasi katta bo`lgan general Skobelev 
qo`shini 1880 yil mayda ikkinchi yurishni boshladi. Qamalga olingan turkmanlar 
qal’asi - Go`ktepa 3 oy davom etgan janglardan so`ng qo`lga olindi. Bosib olingan 
erlarda markazi Ashxabod bo`lgan Kaspiyorti viloyati tuzildi. Turkmanlarni 
batamom bo`ysundirish 1885 yilda amalga oshirildi.
Turkmanlarning asosiy qal’asi Go`ktepa bo`ysundirilgch 1881 yil Rossiya 
va Eron o`rtasidagi chegaralar belgilandi. Rossiya va Xitoy o`rtasidagi chegaralar 
ham 1881 yil Sharqiy Turkistonning Ili o`lkasidagi qo`zg’olon rus qo`shinlari 
tomonidan bostirilishi bilan belgilandi. SHu bilan Rossiyaning O`rta Osiyodagi 
bosqinchilik yurishining 4-bosqichi (1880-1885) tugadi.
Istilo qilingan hududlarda 5 viloyat: Sirdaryo, Ettisuv, Farg’ona, 
Samarqand, Kaspiyorti viloyatlari tashkil qilindi, ular Turkiston general-
gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Rossiya imperiyasi XIX asr o`rtalaridan amalga 
oshirgan harbiy istilochilik yurishlari natijasi Buxoro amirligi va Xiva xonligi 
Rossiya protektoratiga aylantirildi, Qo`qon xonligi batamom tugatildi.
Tayanch so`zlar: Stoddart, Konnol, Po`latxon, Asakada, Uchqo`rg’on, 
Meller-Zakomel’skiy, Sirdaryo, Ettisuv, Farg’ona, Samarqand, Kaspiyorti, 
Krasnovodsk, Go`ktepa,
Kuropatkin, Abdurahmon oftobachi, Iso Avliyo.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling