Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Chor Rossiyasi Xiva xonligini vassalga aylantirishi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Chor Rossiyasi Xiva xonligini vassalga aylantirishi
Harbiy 
yurish 
boshlanishi. 
Angliya 
bilan 
munosabatlarining 
mo`tadillashuviga qadar Rossiya Xivaga hujm qilishdan tiyilib turishga majbur 
bo`ldi. Rossiya Xivaga dastlab Pyotr I davrida chovut solgan edi, biroq 1717 yil 
Sherg’ozixon ruslarni qirib tashladi. Pyotr I ning vasiyatini bajarish ishtiyoqi XIX 
asr rus generallariga tinchlik bermadi. Graf Perovskiy Xivaga hujum qilib Xiva 
sarbozlarining hujumi va qish tufayli (1839) Ustyurt orqali chekinishga majbur 
bo`ldi. Natijada Rossiya siyosiy – harbiy doiralari Xivani «bo`ysunmagan O`rta 
Osiyo Jazoiri» - deb atay boshladi.


258 
Rossiya Buxoro va Qo`qonni o`ziga tobe qilgandan so`ng Xiva g’arbda 
Kavkaz, shimolda Orenburg, sharqda Turkiston harbiy okruglari va «Orol» harbiy 
flotiliyasi qurshovida qoldi. Barcha harbiy kuchlarning bosh qo`mondoni Kaufman 
Xivaga 1873 yil bahorda, 12 ming zobit va 56 to`p-zambarak bilan urush boshladi. 
Generallar Golovachyov, Skobelev, Veryovkin, Pistoletovlar jazo otryadlari 
boshliqlari sifatida ishtirok etdilar. Kaufman Xivaga urush qilishining asosiy 
bahonalaridan biri Xiva xoni Rahimxon II asirligidagi ruslarni ozod qilmaganligi 
edi.
Rahimxon II Chorjo`y tarafdan kelayotgan Kaufman yo`lini to`sish uchun 
Muhammadmurod devonbegini yubordi. Qo`ng’irotga kelayotgan Veryovkinni 
to`xtatish uchun xon yovmud va xorazmlik 6 ming sarboz bilan Eltuzar inoqni 
jo`natdi. Muhammadmurod devonbegi bilan Kaufmanga qarashli general Ivanov 
o`rtasida birinchi to`qnashuv Ucho`choqda bo`ldi. Odam qirilgan degan joydagi 
to`qnashuvda Ko`hna Urganchlik usta Pirniyoz mardlik ko`rsatib halok bo`ldi.
Kaufman xorazmliklar hujumini artilleriya yordamida qaytargach Xorazm 
lashkari Amudaryoning chap sohiliga chekindi. Kaufman aholini talon-taroj qilib 
oziq-ovqat to`plashga buyruq bergani haqida Xivaning zabt etilishini o`z ko`zi 
bilan ko`rgan tarixchi Muhammad YUsuf Bayoniy «SHajarayi Xorazmshohiy» 
asarida yozgan.
Kaufman 1873 yil 18 mayda Amudaryodan o`tib 23 mayda Xazorasp 
qal’asini egalladi. Veryovkin Qo`ng’irot, Xo`jayli va Mang’it qal’asini zabt etdi. 
Rahixon II Xivani mudofaa qilib bo`lmasligiga ko`zi etib Izmiqsho`r tarafdagi 
turkman ovuliga ketadi. Amir va Otajon To`ralar Kaufmandan Xiva shahrini 
vayron etmaslikni so`raydi. Kaufman Raximxon II saroyidan noyob boyliklar, 
nodir kitoblar, xon xazinasi, toj va taxtini tortib olib Peterburgga jo`natdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling