Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Turkiston harbiy okrugi va Turkiston general-gubernatorligi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Turkiston harbiy okrugi va Turkiston general-gubernatorligini tashkil 
qilish to`g’risida Aleksandr II 1867 yil 14 iyulda farmon berdi. Okrug qo`mondoni 
va general-gubernatori qilib a’dyutant K.P. fon Kaufman tayinlandi. Imperatordan 
olgan «Oltin yorliq»qa muvofiq Kaufman biror davlatga urush e’lon qilish, sulh 
tuzish huquqlarga ega bo`ldi va moliyaviy-iqtisodiy masalalarda mustaqil hukmdor 
bo`lib, faqat podshoga hisob berardi. Unga harbiy ma’muriyatdan tashqari 
fuqarolik, ma’muriy ishlar ham topshirilgani uchun xalq Kaufmanni «yarim 
podsho» degan.
Kaufman Turkistondagi fojealarni niqoblash maqsadida bir guruh mahalliy 
sotqin vakillarni Peterburgga yubordi. Turkiston vakillari 1867 yil martda 
Peterburgga etib borishdi. Ular izzat ikrom bilan kutib olindi, diqqatga sazovor 
joylarda bo`lishdi, hatto Aleksandr II ning o`zi vakillarni qabul qildi. Bunday 
«mehmondo`stlikning» bosh maqsadi Rossiya imperiyasining qudratini namoyish 
qilishdan iborat edi, go`yo ular rus tobeligidan baxtiyorligini izxor etuvchi 
maktubni topshirganlar. Imperatorga topshirilgan maktubga Toshkent, Turkiston
Xo`jand, Chimkent kattalaridan 59 kishi imzo chekib muhr bosgan.


254 
Buxoro amiri sulh shartnomasi tuzishni Kaufmanga taklif etadi, biroq 
Kaufman Buxoro amiriga og’ir shartlar qo`ygach shartnoma imzolanmaydi. Amir 
Muzaffar Turkiya, Afg’oniston va turkmanlardan shoshilinch yordam so`raydi. 
Amir Muzaffarning maktubini Turkiya hukumatiga 1868 yil aprelda Makkadan 
Istambulga qaytgan elchi Muhammad Porso topshiradi.
2-§. Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya 
imperiyasi vassaliga aylantirilishi. 
Qo`qon xonligi tugatilishi 
Samarqand uchun jang. Rossiya tomonidan Qo`qon va Buxoro hududlari 
katta qismining bosib olinishi Angliya-Rossiya munosabatlarining keskin darajada 
yomonlashuviga olib keldi. Ingliz geografi va sayyohi Genri Roulnson 1868 yil 
iyulda o`z hukumatiga maktub yo`llab «Rossiya Qandohor orqali Qobulga yurishi, 
Marvni ishg’ol etishi» haqida taxminlarini bildiradi.
Angliya tashqi ishlar vaziri lord Klarendon Rossiyaning Londondagi elchisi 
F. I. Brunov bilan 1869 yildayoq O`rta Osiyo masalasida muzokara boshladi. 
Rossiya imperiyasi erlari bilan Angliya 
mulki o`rtasida birini-biriga 
tutashtirmaydigan yo`lak qoldirish to`g’risida Angliyaning taklifini Rus hukumati 
darrov qabul qildi. Rossiya Afg’oniston betaraf hudud bo`lishini ta’kidlaydi, ammo 
Angliya Afg’onistonni o`z ta’sir doirasida ushlab turish niyatida yo`lakning 
Afg’oniston shimoli va Amudaryo bo`ylab o`tishini ul’timatum tarzida bildirdi.
U. Mert «Buxoro elchisi M. Porsoning Istambuldagi diplomatik faoliyati» 
asarini yozgan («Turk kul’turi Arashtirmalari» jurnal, 1976 y). Hazrati Sulton - 
Turkiston shahri (Yassaviyga nisbat berilgan nomi).
Ruslar (Chernyaev) Jizzax yaqinida mag’lub bo`lgach Sirdaryo sohilidagi 
To`raqo`rg’on degan joyda qishladilar. Ruslar Xo`janddan so`ng (Abramov) 2-3 
oydan keyin Yanggiqo`rg’onni (1867 y. 27 may) bosib oldi. Buxoro amiri yordam 
so`rab murojaat qilgan Xalifa xazratlari - Turkiya sultoni Abdulazizxon edi. Amir 


255 
Muzaffar sulh tuzish to`g’risidagi Kaufmanning qistovlarini keyinga surishga 
harakat qilishining sababi Turkiyaning yordamiga ishongan edi.
Turkiya sultoni Abdulazizxon bu davrda Rossiyaning Bolqondagi ta’sirini 
kamaytirish yuzasidan Evropa davlatlari bilan muzokara olib borayotgan edi. 
Abdulazizxon Evropadan kelib Buxoro masalasi bilan shug’allanganda kech 
bo`lgan edi. Samarqand va Zarbuloq fojealari bunga o`rin qoldirmadi.
Samarqand yaqinidagi Cho`ponota tepaligidagi jang 1868 yil 1 mayda 
bo`ldi, hujumga Kaufmanning o`zi boshchilik qildi. Ruslar Samarqandni 1868 yil 2 
mayda jangsiz egalladi. Ushbu xabarni eshitgan amir iztirobga tushib yig’laydi, 
xabarni etkazgan kishini osib o`ldirishga farmon beradi. «Xalq urushni davom 
ettirishni talab etayotgan bir paytda bir tomchi qon qolguncha kurashish 
afzalroqdir» - deb, amir lashkarboshisi Usmonbek aytgan.
Samarqandni qaytarib olish uchun jang Zirabuloqda bo`ldi. Amir Muzaffar 
qo`shinni ruhlantirish uchun «Kaufman talab qilayotgan 125 ming tilla sovg’a 
sizlarga beriladi» - dedi. Ruslar 1868 yil 18 mayda Kattaqo`rg’on qal’asini bosib 
oladi. 1868 yil 2-8 iyundagi Zirabuloq jangida Amir mag’lubiyatga uchrab, 
Qizilqumga qochdi. Kaufman Zirabuloq jangiga ketayotib Shtempen va Nazarvni 
Samarqandda qoldirib ularga agar shahar aholisi bosh ko`tarsa shafqatsiz qirish 
haqida topshiriq bergan edi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling