Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Turkiston general-gubernatorligi tuzilishi
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Turkiston general-gubernatorligi tuzilishi
O`ratepa va Jizzax uchun janglar. Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy 1865 yilning kuzida Toshkentga etib keldi. U Toshkentni Qo`qon va Buxoro ta’siridan mutlaqo xalos qilish uchun avval mustaqil o`lka deb e’lon qildi. Buxoro amiri bu paytda Xo`janddan Qo`qon xonligi ichkarisiga bostirib kirdi va rus qo`mondonligiga Toshkentni topshirish talabini qo`ydi. Buxoroga yuborilgan rus elchilarini qamoqqa hukm qildi. Bu ruslarning Buxoroga urush ochishiga bahona bo`ldi. Chernyaev o`rniga tayinlangan qo`mondon Romanovskiyga Buxoroga mumkin qadar kelishuvchilik munosabatida bo`lish tayinlanib, zarurat bo`lsa urush qilishga ruxsat etilgan edi. Chernyaev Rus podshosi oldida o`z mavqeini mustahkamlab olish uchun Romanovskiy ruxsatsiz 1866 yil yanvarda Jizzaxga hujum qildi. Buxoro amiri Muzaffarning ruslarga qarshi birga kurash olib borish taklifini Xudoyorxon rad qildi. Jizzax mudofaasida shahar hokimi Olloyorbekning xizmati katta bo`ldi. Chernyaevning Jizzaxga hujumi qaqshatgach zarbaga uchradi. Chernyaevning o`zboshimchaligi va Jizzaxdagi mag’lubiyatidan keyin Rus imperatori Aleksandr II uni O`rta Osiyoda harbiy harakat qilishdan mahrum qildi va u yana Peterburgga chaqirib olindi. 253 Sarkarda Olloyor devonbegi qarindoshlari To`xtamishbek va Fozil dodxox amirdan norozi bo`lib, Erjar jangidan o`z qo`shinini olib ketishiga devonbegining yoshgina qizini amir tortib olishi va qizining o`ldirilishi sabab bo`ldi. Romanovskiy Erjar yaqinida amir qo`shinlarini 1866 yil 8 mayda tor-mor qildi va 1866 yil 17-24 mayda Xo`jand qal’asini egalladi. O`ratepa 1866 yil 2 oktyabrda bosib olindi, ayollar ham mudofaada ishtirok etib, 15 ming kishi halok bo`lgan. Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy Rossiya harbiy vaziri Milyutinga yozgan telegrammasida Jizzax 1866 yil 18 oktyabrda egallanganligi aytiladi. Jizzax vatanparvarlarini qirg’in qilish tashkilotchisi fon Repe edi. Qo`qon xoni Xudoyorxon Buxoro amiriga nisbatan xoinona ish tutib general Romanovskiyga tabrik telegrammasi yo`lladi. «Mening ro`paramda ko`plab odamlar va otlarning murdasi tog’ kabi uyulib yotibdi» - degan edi rus zobiti Zinov’ev Jizzax bosqini haqida xotiralarida («Russkiy invalid» 1868 y.). Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling