Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


XIII-bob. Rossiya imperiyasining Turkistondagi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

XIII-bob. Rossiya imperiyasining Turkistondagi 
mustamlakachilik siyosati. 
1-§. Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi 
Mustamlakachilik boshqaruvi. Rossiya O`rta Osiyoni bosib olgach
dunyoning eng yirik mustamlakachi mamlakatlari biriga aylandi. O`sha vaqtda 


267 
Rossiya to`g’risida «ulkan miqdordagi mulk o`g’risi» degan gap aytilgan. 
Rossiyaning ikki boshli burgut tasviri tushirilgan bayrog’i Boltiq bo`yidan 
Kavkazgacha; Ukrainadan O`rta Osiy va Uzoq SHarqqacha hilpirab turdi. Rossiya 
Pol’sha, Finlandiya, Kavkaz orti, Boshqirdiston, Sibir’ va Qalmoqlar yurtini 
mustamlakaga aylantirgan edi.
Peterburg hukmron doiralari Buyuk Britaniyaning Hindistondagi va 
Fransiyaning Tunis hamda Jazoirdagi mustamlaka tartiblarini o`rgangan holda, 
tubdan farqli, aynan ruscha mustamlakachilik tizimini yaratib, uni Turkistonda 
zo`rovonlik yo`li bilan amalga oshirdi. Rossiyaning O`rta Osiyodagi tartiblari 
Pol’sha, Finlandiya va Kavkazdagidan tafovutli xususiyati: mahalliy xalqlarga 
ishonmaslik, bepisand qarash kabi shovinistik kayfiyatdan iborat edi; harbiy-
komendantlik boshqaruvi O`rta Osiyoning dushmanlariga topshirilgan edi. 
Rossiyaning o`nlab general-sarkardalari Turkistonda milliy davlatchilikni xalq 
xotirasidan o`chirish yo`lini tutdilar.
Kaufman 1868 yil 22 yavarda Toshkent jamoatchilik vakillari yig’ilishidagi 
nutqida birinchi marta Ruslarni Turkistonning «katta og’alari» deb atadi. Kaufman 
yaqin sirdoshi Rossiya harbiy vaziri D.Milotinga 1876 yil yo`llagan 
bayonnomasida Rossiya va Angliyaning Osiyodagi maqsadi mushtarakligini 
ta’kidlab: «umumiy dushmanimiz - musulmonlik va yovvoyilikdir» - degan.
Turkiston o`lkasini boshqarish tartibi haqida qonun loyihasini podshoning 
yaqin mulozimi, maxfiy maslahatchi F. Girs tuzdi. Girs harbiy va amaldorlardan 
iborat «Dasht komissiyasiga» (1865-1867) rahbarlik qildi. Imperator Aleksandr II 
Girsning Turkistonda qaysi mustamlaka tuzimini o`rnatish haqidagi loyihasini 
O`rta Osiyodagi mulklarni o`zlashtirish bo`yicha «Maxsus qo`mita» diqqatiga 
xavola etdi.
Dasht komissiyasining Turkiston xalqlariga bergan ta’rifini «Maxsus 
qo`mita» qo`llab, shunday xulosaga kelgan edi: buyuk allomalarni etishtirgan 
Turkiston xalqlarini «juda quyi aqliy taraqqiyot bosqichida», «bu xalqlar huquq
ma’muriyat, qonun nimaligini bilmaydi», «jamiyat qonuni» bergan huquqdan 
foydalanishni tushunmaydi, bu huquq ularning zarariga xizmat qiladi, Turkistonda 


268 
markazlashgan kuchli harbiy hokimiyat zarur, dedi va general-gubernatorga 
cheklanmagan vakolat berdi; bu hokimiyat rasman «harbiy xalq boshqaruvi» 
deyilsada, aslida to`la harbiylar qo`lida edi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling