Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Gandimiyon shartnomasi. Kaufman o`ziga Gandimiyon qishlog’ini 
qarorgoh qildi. Raximxon II va Kaufman 1873 yil 17 avgustda uchrashdi. 
Gakndimiyon shartnomasiga ko`ra: Xiva xoni siyosiy huquqlardan, mustaqil tashqi 
siyosat yuritishdan mahrum etildi; xon huzurida saroy amaldorlari va rus 
qo`mondonlaridan iborat Devon (kengash) tuzildi; quyi Amudaryoning o`ng 


259 
sohilidagi erlar Rossiyaga berildi; rus savdogarn va sanoatchilari xonlikda boj 
to`lashdan ozod qilindi hamda erkin savdo qilish va korxona qurish huquqini 
oldilar; rus fuqarolarini Xiva hududida qozilar sud qilishi taqiqlandi; xonlikka 2 
mln. 200 ming so`m tovon solindi va Xiva Rossiya vassaliga aylandi.
Abdullaboy, 
Matmurod 
va 
Raxmatullo 
devonbegilar 
Xorazmlik 
vatanparvarlar edi. Kaufman soliq va to`lovlarni xonlikdagi azaldan o`zbeklar 
bilan birga yashab kelayotgan - qoraqalpoq, qozoq, qirg’iz, turkmanlardan tezda 
undirib berishni Raximxon II dan talab qildi. Xon hozirgi qiyin sharoitda ayniqsa 
turkman qavmlaridan soliq undirish mumkin emasligini aytdi. Kaufman nochor 
turkman ovullariga belgilangan tovonni 12 kun ichida to`lashni talab qildi. 
Turkman qavmlari sardorlari muddatni uzaytirishni so`raganda Kaufman rad qilib 
turkmanlarni qirg’in qilishni gen. Golovachyovga topshirdi.
Turkmanlarning ozodlik urushini Rossiya 1881 yilgacha bostira olmadi. 
Xiva xonligi hududida ruslarga qarshi kurashgan turkmanlarning rahbari To`kma 
Sardor edi. Turkmanlarni bostirish uchun Evropada va rus-turk urushida tajriba 
orttirgan general Skobelev yuborildi. U Ko`ktepa (Go`kdepe) qal’asini yakson 
qilib, erkaklarni qilichdan o`tkazadi. Xiva turkmanlari masalasi faqat qilich va qon, 
zo`ravonlik yo`li bilan barham topdi.
Raximxon II ning xalqni moddiy himoya qilishdagi ma’naviy, siyosiy-
diplomatik g’alabasi tovon to`lashni paysalga solib, rus amaldorlarini 
chalg’itishdan iborat edi. Kaufman 1873 yil 11 iyunda Harbiy Vazirga yo`llagan 
axborotnomasida 
Izmiqsho`rga 
kirib 
qishloqlarni 
yoqib 
yuborganini, 
Golovachyovni Yovmutlar ustiga yuborganini yozgan.
Rossiya o`z tasarrufidagi qozoqlarni ozodlik kurashiga rag’batlantiruvchi 
panoh deb, Xivani bilgan. 10 yil davomida Rossiyani bezovta qilgan qozoqlarning 
milliy-ozodlik kurashi rahbari Kenesari Qosimov Xivadan madad olib turgan. 
Peterburg butun Turkistondagi tijorat ishlarini ham qo`lga olishni maqsad qildi. 
Kaspiyning sharqidan Turkiston shaharlariga boruvchi tijorat yo`llari Xiva 
xonligidan o`tardi. 1872 yil oxirida Harbiy Vazir boshchiligida Turkiston, 


260 
Orenburg general-gubernatorlari va Kavkazdagi podsho noibi ishtirokidagi 
Peterburgda maxfiy kengashda Xivani bosib olishga uzil-kesil qaror qilingan edi.
Raximxon II Hindiston vise-qiroli Lord Norsbruk huzuriga 1872 yil elchi 
Aminboy Muhammad o`g’lini jo`natib, Angliyadan madad so`raydi. Elchi 
Kal’kutda vise-qirol bilan muzokara olib boradi, biroq Angliya Rossiya Hindiston 
va Afg’onistonga tahdid solishidan, Rossiya bilan ochiq to`qnashuvdan 
xavfsiraydi.
Ruslar to`rt yo`nalish bo`yicha Xiva xonligiga bostirib kiradi: 1) Turkiston 
otryadi Kaufman va Golavachyov qo`mondonligida Toshkent tarafdan; 2) 
Orenburg otryadi Veryovkin qo`mondonligida Xo`jayli, Qo`ng’irot, Mang’it 
tomondan; 3) Mang’ishloq otryadi Lomakin qo`mondonligida va 4) Orol flotiliyasi 
Morozov qo`mondonligida Kaspiy dengizi tarafdan.
Xiva istilosida imperator oila a’zolari – Nikolay, Konstantin, Evgeniy 
Romanovlar va Gersog Leytenbergskiy qatnashib, qismlarga qo`mondon qilib 
tayinlanishining boisi Aleksandr II Pyotr I vasiyatini bajarishga ahd qilganini 
bildirar edi. Kaufman Xivani siyosiy jihatdan yakkalab qo`yish uchun Xivaga 
yordam bermaslik haqida Buxoro va Qo`qon xoniga maktub yo`lladi. Pyotr I ning 
vasiyati 1873 yil 29 mayda Xiva ishg’ol qilingach bajarildi. Pyotr I ning ikkinchi 
armoni 5 yildan so`ng (1878) ruslar Turkiyani mag’lub qilgach bajarildi.
Rossiya o`zbek xonliklarini ruhan-ma’naviy istilo qilish dasturiga ko`ra 
1834 yildayoq sharqshunos X.D.Fren O`rta Osiyodan topish mumkin bo`lgan 
sharq mualliflariga mansub «Yuz asarlarning xronologik ro`yxatini» tuzib chiqdi
Moliya vazirligi Orenburg bojxonasiga ushbu qo`lyozmalarni O`rta Osiyo 
savdogarlaridan sotib olish haqida farmoyish beradi.
Kaufman topshirig’iga ko`ra sharqshunos A.L.Kun Xivadagi nodir kitoblarni 
Peterburgdagi Xalq kutubxonasiga yubordi. Xiva xonlari taxti 1874 yil qurol-
asloha Palatasiga topshirildi. Xivadan talab ketilgan moddiy madaniyat 
yodgorliklari Sarskoe Selo qo`riqxonasi, Moskva Politexnika muzeyi, Davlat 
Ermitaji, Moskvadagi Letkov elshunoslik muzeyidan o`rin oldi.


261 
Rus davlatchiligini joriy etishga qaratilgan boshqaruv organi – Devonga 
Xiva tomondan ruslarga xayrixoxlardan Matniyoz devonbegi, Eltuzar inoq
Abdullaboy mehtar; ruslar tomondan podpolkovniklar Pojarov, Ivanov, Xoroshkin 
va savdogar Oltinboev a’zo bo`lishi lozim edi. Vatanparvarlar Muhammad 
Murodbegi va Raxmatulla yasovulboshi Xivadan surgun qilinishi ko`rsatildi. 
Golovachyov jazo korpusi «Bekovich xuni uchun» - degan shoir bilan 
turkmanlarni qirdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling