Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


XIX asr birinchi yarmida Markziy Osiyo uchun


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

XIX asr birinchi yarmida Markziy Osiyo uchun
Buyuk Britanya - Rossiya raqobatchiligi
Raqobat sabablari. XIX asr birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya 
o`rtasida Buxoro, Xiva, Qo`qon xonliklari hududlari uchun raqobat kuchayib, 
keskinlashib ketdi. Raqobatchilik kuchayishiga sabab: 1) Markaziy Osiyo hisobiga 
yangi mustamlakalarga ega bo`lishga intilishlari. 2) mollarini sotish va daromad 
olish uchun Markaziy Osiyo bozorlarini egallash istagi. 3) Markaziy Osiyoning 
boy xomashyo manbalarigaga ega bo`lishga urinishi edi. Bu omillar dunyodagi 
ikki yirik mustamlakachi davlatlar manfaatlarining to`qnashuviga olib keldi.
Inglizlar 
Hindistonda 
o`rnashib, 
Ost-Indiya 
(Sharqiy 
Hindiston) 
kompaniyasi orqali Markaziy Osiyo tomon siljishga urindilar. Ularning maqsadi 
Rossiyaning o`zbek xonliklaridagi ta’sirini yo`qqa chiqarish va xonliklarni o`z 
ta’sir doirasiga olishdan iborat edi. Buyuk Britaniya xonliklarning ichki va tashqi 
ahvolini, ularni bog’lab turgan yo`llarni aniqlash, xonlar bilan aloqa o`rnatish 
maqsadida o`zbek xonliklariga maxsus ekspedisiyalar yubora boshladi. 
Ekspedisiyalar zimmasigaga mahalliy nufuzli kuchlar bilan aloqa o`rnatish vazifasi 
ham yuklatilar edi.
Ingliz ekspedisiyasi 1825 yil fevralda U.Murkroft boshchiligidagi Buxoroga 
etib keldi. Ekspedisiya tarkibida 70 ta kishi bo`lib, ular olib kelgan 80 sandiq turli 
xil mollar Buxoro qushbegisiga ko`rsatilgan. Inglizlar Buxoroni o`rganishga, 
mahalliy hukmdorlar orasida inglizlarga tarafdor guruhni shakllantirishga 
muvaffaq bo`lgan edi.


230 
Rossiya inglizlarning Buxorodagi harakatidan tashvishlanib, o`z noroziligini 
Buxoro amiri Haydarga bildiradi. Rossiya hukmron doiralarida borgan sari 
Markaziy Osiyoni bosib olish kayfiyati kuchayib bordi. Rossiya 1826 yil 
polkovnik F.Berg boshchiligida Ustyurtga ekspedisiya yuborib Markaziy Osiyoga 
boradigan yo`llarni yanada aniqroq belgilab oldi.
1831 yil inglizlarning Markaziy Osiyoga ikkinchi marta elchiligiga leytenant 
Aleksandr Byorns boshchilik qilgan. Byorns qo`lida hind va afg’on 
savdogarlarining tavsiyanomalari bo`lib, u 1832 yil Buxoroga kirib kelib o`zini 
arman savdogari deb tanitadi va Buxoro qo`shbegisi bilan aloqa bog’laydi. Buyuk 
Britaniya Hindiston bilan Markaziy Osiyo o`rtasida savdo aloqalarining 
kengayishiga o`zining xonliklardagi ta’sirini qaror toptirishning asosiy yo`li deb 
qarar edi, shuning uchun Angliya hind savdogarlarining o`zbek xonliklari bilan 
savdo qilishiga yordam berdi. Inglizlar hind savdogarlariga qarz va ingliz mollarini 
berib turdi, ingliz mollari Markaziy Osiyoda Rossiya mollari narxidan arzon sotilar 
edi. Byorns katta razvedka ma’lumotlari to`pladi, uning missiyasi Markaziy 
Osiyoda ingliz savdosining rivojlanishiga yordam berdi.
Buyuk Britaniya 1839 yil Afg’onistonga harbiy harakat boshlaganida 
Rossiya - Buyuk Britaniya munosabatlari yanada keskinlashgan. Chunki 
Afg’oniston bosib olinsa navbat Markaziy Osiyoga kelishi mumkin edi. Hirotda 
1839 yil o`z qarorgohini tashkil qilgan ingliz razvedkasidan kapitanlar J.Ebbot, 
Ch.Stoddort, Konolli, R.Shekspirlar o`zbek xonliklariga kelib ma’lumotlar 
to`pladi. Rossiya bundan tashvishga tushib 1839 yil Orenburg gubernatori 
Perovskiy boshchiligida Xivaga birinchi harbiy yurish boshladi, biroq 
muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling