Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Boborahim Mashrab (1640-1711) Namanganda tug’ilgan isyonkor shoir, 7 
yoshida savodi chiqqan, 15 yoshidan tasavvufni egallagan, 18 yil dunyoni kezgan. 
Mashrab asarlari to`plangan devon haqida manba topilmagan bo`lsada, undan 
«Devonai Mashrab», «Devoni Mashrab», «Eshoni Mashrab» nomli qo`lyozma va 
toshbosma shakldagi qissalari qolgan. Mashrab dinga shak keltirganlikda ayblanib 
1711 yil g’animlarining ig’vosi bilan Balx hokimi Mahmudbiy Qatog’on 
tomonidan o`limga hukm etilgan. (Mashrab rasmini O`zbekiston xalq rassomi 
D.Imomov chizgan). 
Tarixnavislik, san’at va me’morchilik 
Tarixiy asarlar Qo`qon xonligida XVIII-XIX asrlarda ko`plab yaratilgan. 
Abdulkarim Fazliy Namangoniy Umarxon topshirig’iga binoan 1822 yil 5000 
baytdan iborat tarixiy «Umarnoma» dostonini. Fazliy Namangoniyning «Majmuayi 
shoiron» tazkirasida uning ijtimoiy qarashlari o`z ifodasini topgan.
Saroyda qoziaskar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy 
Umarxon maslahati bilan «Shohnomayi nusratpayom» (G’alabadan xabar beruvchi 
shohnoma) tarixiy asarini yozgan.
Tarixchi Muhammad Hakimxon To`ra ibn Sayid Ma’sumxon (1802-1870) 
ona tomondan Norbo`tabekning nabirasi bo`lib, Muhammad Alixon davrida 
quvg’inga uchragan. Ma’sumxon Rossiya va SHarq mamlakatlariga sayohat qilib, 
umrining oxirida Shahrisabzda yashab, «Muntaxab ut-tavorix» (Saralangan 
tarixlar) asarini yozgan. «Muntaxab ut-tavorix» Buxoro, Qo`qon tarixiga doir 
muhim manba bo`lib, Markaziy Osiyo xalqlariga oid ma’lumotlar mavjud.
Tarixchi Mulla Niyoz Muhammad Ho`qandiy (1802-1872)dan «Tarixi 
SHohruhiy» asarini yozgan. Asarda 1872 yilgacha olim guvohi bo`lgan voqealarni 
bayon qiladi. Umarxon davridan 1872 yilgacha bo`lgan voqealar haqida Junayd 
Mulla Avaz Muhammad Mulla Ro`zimuhammad o`g’li «Tarixi jahonomayi» asarini 


223 
yozgan. Toshkentlik Muhammad Solihning «Tarixi jadidayi Toshkand» 
(Toshkentning yangi tarixi) asari XV-XIX asrlar Turkiston, Toshkent, Qo`qon 
tarixi ilmiy nuqtai nazardan yozilgan qimmatli asardir.
Tarixchi Mulla Ali qori Qunduziy 1822-1848 yillar tarixi haqida «Tavorixi 
manzuma» asarini yozgan. Shoira va tarixchi olima Dilshodi Barno «Tarixi 
muhojiran» (Muhojirlar tarixi), «Sabot ul-bashar ma tarixi muhojiron» (Inson 
matonati va muhojirlar tarixi) kabi tarixiy asarlar yozgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling