Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Marg’ilon (Marg’inon) shahriga bundan 2000 yil avval asos solingan. 
Marg’ilon nomi taxminan “Maysazor”, “O`tzor” degan ma’noni anglatadi. 
“Boburnoma”da Farg’onadagi 8 ta shahardan biri Marg’ilon ekanligi, uning 
obodoligi, shirin mevalari, “donoyi kalon” degan anori, “subhoniy” navli o`rigi 
maqtalgan. Marg’ilon Buyuk ipak yo`lida joylashgani uchun hunarmandchilik 
gullab-yashnagan, uning atlas to`qish turi nihoyatda rivojlangan, atlas Marg’ilonni 
jahonga mashhur qilgan. Marg’ilon ilm-fan markazi ham bo`lib, huquqshunos 
Burhoniddin Marg’inoniyni etkazib bergan. Marg’ilon Qo`qon xonligi davrida 
pilla sotiladigan asosiy bozor markazi edi, shaharda ko`plab pillakashlik va shoyi 
to`qish ustaxonalari bor edi. 2007 yil Marg’ilon shahrining 2000 yilligi 
nishonlandi.
Andijon Markaziy Osiyoning mashhur shahri bo`lib, «Buyuk Ipak yo`li»da 
bunyod etilgan. Manbalarda shahar nomi «andi», «adoq» kabi urug’ atamalari 
bilan bog’liqligi aytilgan. Arablar bosqini davrida shahar Andukon deyilgan. 
Andijon XV asrdan Farg’ona vodiysi markaziga aylanib, Bobur davrida xo`jalik, 
fan va madaniyat ravnaq topgan. Bobur «Boburnoma»da Andijon haqida «Oshlig’i 
vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo`lur. Samarqand va Kesh 
qo`rg’onidin so`ngra mundin ulug’roq qo`rg’on yo`qtur. 3 darvozasi bor, 9 tarnov 
suv kirar» deb yozgan. Qo`qon xonligi tashkil topgach Andijon shahri Andijon 
bekligining markazi bo`lib, XIX asr o`rtalarida 4 dahaga bo`lingan, har dahaning 
qozisi, mingboshisi bo`lgan, dahalar oqsoqol boshliq mahalalarga bo`lingan.
Namangan shahri xonlikning yirik shaharlaridan biri bo`lib, uning nomi 
manbalarda XVII asrdan boshlab uchraydi. 1620 yil Farg’onaning qadimgi 
poytaxti Axsikant zilzila tufayli vayron bo`lgach aholi Namangan atrofiga ko`chib 
o`tgan. Namangan tuz koni («namak kon») yaqinida qurilgan bo`lib, XVIII asrda 
Qo`qon xonligi hududiga kirgan. Namangan beklik markazi bo`lib, aholisi 
hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Namanganda 1819-1822 yy. YAngi ariq 
kanali qazilgan. Namangan shahri 1842-1845 yy. baland devor bilan o`ralgan.
Toshket Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri bo`lib, 2009 yil 
2200 yilligi nishonlangan. U turli davrda Choch, Shosh, Binkat nomlari bilan 


220 
atalib, XI asrdan Toshkent deb atala boshladi. Toshkent 1503 yil Shayboniylar 
davlati tarkibiga kiritildi. XVI asrda shaharda katta bunyodkorlik ishlari amalga 
oshirilib, Baroqxon va Ko`kaldosh madrasalari bunyod etildi. Toshkent 1723-1758 
yy. ko`chmanchi jung’orlarga tobe bo`ldi. So`ng Toshkentda 4 ta mustaqil 
hokimlik qaror topgan. 1784 yil 4 hokimlik tugatilgach, shahar 1810 yilgacha 
Yunusxo`ja barpo etgan Toshkent hokimligining markazi bo`ldi.
Toshkent 1810 yil Qo`qon xonligi tarkibiga qo`shib olingach, bunyodkorlik 
ishlari amalga oshirildi. O`rta asrlarda yashagan Zayniddin bobo uchun yangi 
maqbara bunyod etildi. Yunusxo`ja qarorgohi Eski O`rda buzilgach, yangi - 
Qo`qon O`rdasi bunyod etildi. Toshkent xalqaro savdo yo`lida joylashgani uchun 
hunarmandchilikning turli sohalari yuksak rivojlangan. Chorsu shahar hayotining 
markazi bo`lgan. Toshkentning xo`jalik hayoti qishloq aholisining faoliyati bilan 
bog’liq edi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling