Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq va majburiyatlar
Qo`qon xonligida iqtisodiy hayot
Sun’iy sug’orish mahoratini Qo`qon xonligida aholi mukammal egallagan edi, suvdan oqilona foydalanardi. Xonlikda asosiy qishloq xo`jaligi ekini bug’doy edi. Shuningdek meva, sabzovot, poliz ekinlarining barcha turi etishtirilgan. Chorvachilikda makkajo`xori va beda etakchi o`rinda turgan. Xonlikda paxtachilik alohida o`rin egallagan. Farg’ona vodiysida ko`pchilik dehqonlar paxtakor bo`lib, paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Paxta ekin maydonlarining yanada kengayishiga Rossiyaning Markaziy Osiyodan, avvalo 217 Qo`qondan paxta sotib ola boshlashi sabab bo`ldi. Qo`qon savdogarlari Rossiyaga serqatnov bo`lib qolishining sababi paxta savdosiga boj bekor qilinishi edi. Er egaligining: 1) Amlok erlari. 2) Xususiy mulk erlari. 3) Vaqf erlari kabi shakllari mavjud bo`lgan. Xonlikdagi butun er davlatniki bo`lib, xususiy er egalari erga emas, erdan olinadigan mahsulotga va shu erda qurilgan imoratlarga egalik qilgan. Mulklarning ko`pchiligi 30-60 sotix bo`lgan. Erlar ishlov berish uchun dehqonlarga ijaraga berilar edi. Dehqonlar xon erlarida ham mehnat qilar edi. Xon erlarida ishlash uchun majburan safarbar etilganlar soni 10 mingga etardi, ular mardikor deb atalardi. Chorikorlar - xususiy erlarda hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi ersiz, ot-ulovsiz tabaqa. Korandalar - hosilning 1/4dan ½ qismigacha erlarni ijaraga olib, o`z mehnat qurollari bilan yollanib ishlovchilar. Soliq va majburiyatlar. Asosiy soliq – xiroj, ekin turi va ekin ekiladigan er maydoniga qarab, hosilning 1/3-1/5 qismigacha belgilanar edi. Ko`chmanchi xalqlardan olinadigan zakotning turi ko`p bo`lib, asosiylari «qo`ra boshi», «tutun haqi», «yig’im soliq» deb atalgan. Ko`chmanchi chorvadorlardan «Qo`ra boshi» zakoti moli boshiga va qo`rasiga qarab qishda mollar qo`ralarda turganda yig’ib olingan. «Tutun haqi» zakoti bahorda yangi o`tloqlarga ko`chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo`y bilan olinadigan soliq (zakot). «Yig’im soliq» - zakot to`lamaydigan boylar va ularning qarindoshlari bekka beradigan 9 buyumdan iborat in’omlari yig’imi. Mehnatkash xalq deyarli hamma narsa uchun soliq to`lar edi. CHunki hamma qo`riq erlar, chakalakzorlar, to`qaylar, daraxtzorlar, ko`llar, yaylovlar xonning ixtiyorida edi. Aholi qal’a devorlarini ta’mirlash, istehkomlar qurish, kanallar qazish, ariqlarni tozalash, yo`l qurilishiga safarbar etilardi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling