Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. XIX asr birinchi yarmida Qo`qon xonligida


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

2-§. XIX asr birinchi yarmida Qo`qon xonligida 
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot 
Ichki vaziyat keskinlashuvi. Olimxon hokimiyatni markazlashtirish 
maqsadida ichki islohatlar o`tkazdi: diniy rahnamo unvoni - «eshon»ni bekor 
qildi; kambag’al va qalandarlarga er va chorva berib, mehnatga jalb qildi; diniy 
arboblarni imtihon qiladi va yolg’onchiligi fosh bo`lganlarni jazolaydi. 
Olimxonning markazlashgan hokimiyat tuzish harakatlari ayrim qabila boshliqlari 
noroziligini kuchaytirdi.
Ulamolar va markaziy hokimiyatning kuchayishidan norozi kuchlar 
Olimxonga qarshi fitna uyushtirdi. Ular 1810 yil Xon Toshkentdagi isyonni 
bostirish uchun ketganligidan foydalanib «Olimxon Toshkentda o`ldi» degan mish-
mish tarqatib, taxtga ukasi Umarxonni o`tqazadi. Olimxon bundan xabar topib, 
Qo`qonga qaytayotganida otib o`ldiriladi. 
Umarxon (1810-1822) akasi Olimxon davrida Farg’ona hokimi edi. U 
Andijon hokimi Rahmonqulbiyning qizi Mohlaroyim (Nodira)ga uylangan. 
Farg’onalik tarixchi Muhammad Hakim Umarxon davrini eng yaxshi podsholik 
davrlaridan biri sifatida tavsiflagan. Umarxon dastlab Buxoro bilan o`rnatgan 
do`stona munosabatlar Jizzax va O`ratepa uchun azaliy kurash oqibatida yana 
uzilib qoldi.


215 
Qo`qon qo`shini qozoq va qirg’izlarga muvaffaqiyatli yurish qilib Katta va 
qisman Kichik juz o`rdalari bo`ysundirildi. Sirdaryo bo`yidagi YAngiqo`rg’on, 
Julek, Qamishqo`rg’on, Oqmasjid, Qo`shqo`rg’on istehkomlarini qurildi va 
Turkiston shahrini o`z tasarrufiga oldi. Ular Markaziy Osiyoni Rossiya bilan 
bog’lovchi muhim savdo yo`lida joylashgan edi.
Muhammad Alixon (1822-1841, Madalixon) Umarxonning o`g’li bo`lib, 
uning davrida Qo`qon xonligi hududi ancha kengaydi. U Farg’ona janubida o`troq 
tojiklar yashaydigan Qorategin, Darboz va Ko`lobni bo`ysundirdi. Madalixon 
boshqaruvining so`ngi davrida u ko`ngli tusagan ishni qila berdi. Otasi davridagi 
obro`li a’yonlarni surgun va qatl qildi, ayrimlari Buxoroga qochdi. G’alayonlar 
kuchayib, qolgan amaldorlar xonni taxtdan ag’darishga tayyorlandi. Ruhoniylar 
xonni turli axloqsizlikda va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq 
targ’ibot olib borishdi. 
Madalixon 1841 yil o`z ukasi Sulton Mahmudxon foydasiga taxtdan voz 
kechdi. Madalidan norozilar xonga qarshi ochiq kurashish uchun etarli kuchga ega 
bo`lmagani sababli, o`z elchilarini Buxoroga Amir Nasrullo huzuriga yuborib, 
yordam so`radilar. Nasrullo qo`shini 1842 yil Qo`qonni bosib oldi. Madalixon va 
a’yonlari tutib olindi. Nasrullo buyrug’iga binoan Madalixon va onasi 
Nodirabegim qatl etildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling