Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


IX-bob. Qo`qon xonligi XVIII - XIX asr birinchi yarmida


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

IX-bob. Qo`qon xonligi XVIII - XIX asr birinchi yarmida. 
1-§. Qo`qon xonligi tashkil topishi. 
Toshent bekligi (1784-1810) 
Shohruhbiy - xonlik asoschisi. Farg’ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida 
edi. Buxoro XVIII asr boshlarida ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Buxorodagi 
bu vaziyatdan foydalanib jung’arlar Farg’ona vodiysiga tez-tez bostirib kiradi. 
Vaziyat ichki kuchlarni birlashtirib mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. 
Farg’ona vodiysida dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog’i xojalar jamoasi 
o`z mulklarini Buxorodan mustaqil deb e’lon qildilar.
Farg’onadagi o`zbeklarning ming urug’i oqsoqollari o`z yo`lboshchisi 
Shohruhbiy boshchiligida Buxorodan mustaqil davlat tuzishga qaror qilganlar. 
Ming urug’i 1710 yil chodaklik din peshvolarini ag’darib Farg’ona vodiysida 
hokimiyatni o`z qo`llariga oldilar. Natijada keyinchalik Qo`qon xonligi deyilgan 
yangi davlat vujudga keldi. Shohruhbiy Tepaqo`rg’onni qarargoh qildi. 
SHohruhbiyning o`g’li Abdurahimbiy (1721-1733) davrida Xo`jand, O`ratepa 
viloyatlari qo`shib olindi. Shahrisabz hokmi bilan Qo`qonga tobelik haqida bitim 
tuzdi, keyin Samarqand va Jizzaxni egalladi.
Abdurahimbiy Xo`jandda vafot etagach, inisi Abdulkarimbiy (1733-1750) 
taxtga o`tiradi. U poytaxtni Tepaqo`rg’ondan Qo`qon shahriga ko`chiradi va 
shaharni devor bilan o`ratadi. Erdona (1751-1762) davrida Qo`qonning qudrati 
ortdi. U O`sh va O`zganni bo`ysundiradi. Erdona davrida Qo`qon g’arbda Buxoro, 
sharqda Xitoy bilan teng kurash olib bora olgan davlatga aylandi. Erdona 
hukmrominlik davrida taxt uchun kurash kuchaydi. 
Abdukarimbiyning nabirasi Norbo`tabiy (1763-1798) taxtga o`tirgach, 
dastlab Chust va Namangan hokimlari isyonini bostirdi, Xo`jandni qayta 
bo`ysundirdi. Norbo`tabek davrida Qo`qonning qudrati oshdi, mo`l hosil olinib
bozorda narx arzonlashdi. Norbo`tabiyning o`g’li Olimbek (1898-1810) davrida 
Qo`qonning siyosiy mavqei yanada kuchaydi. Olimbek Ohangaron, Toshkent


211 
Chimkent va Sayramni, Rossiyaga boradigan savdo yo`llarini bo`ysundirgach, 
Rossiya bilan birinchi marta savdo aloqalari o`rnatilgan. 
Olimxon davrida o`tkazilgan harbiy islohatga ko`ra “askariya” deb 
ataluvchi muntazam qo`shin tuzilgan. Qo`shin: sipoh (otliq), sarboz (piyoda), va 
to`pchi qismlardan iborat bo`lgan. Ayni paytda, “qilquyruq” deb ataluvchi 
nomuntazam qo`shindan ham foydalanish davom etgan. Muntazam qo`shin: 1) 
markaziy hokimiyatning tayanchiga aylantirildi; 2) asosiy raqibi – Buxoro 
amirligiga qarshi tura olishini ta’minladi. Buxoro amirligiga qarshi tura olishiga 
ishonch hosil qilgach, Olimxon 1805 yil o`z davlatini rasman Qo`qon xonligi deb, 
o`zini esa Xon deb e’lon qildi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling