206
Oydo`stbiy qoraqalpoq biylarini to`plab Orol dengizi bo`yida maslahat qiladi.
Ovullarga choporlar jo`natilib «Hamma bola-chaqasi bilan qo`zg’olonga yig’ilsin.
Kim bosh tortsa - u dushman hisoblanadi» - degan buyruq beriladi.
Oydo`stbiy 1827 yil 29 iyulda o`g’illari
Rizo va To`rani 300
botirga bosh
qilib
Qo`ng’irot qo`rg’oniga chopovulga yuboradi. Qo`ng’irot
hokimi
Muhammad YA’qub Mushrif qo`rg’on
mudofaasini uyushtiradi, Rizo va To`ra
engiladi.
Muhammad Nazarbiy inoq Oydo`stbiyga qarshi sara qo`shin jo`natadi.
Qo`zg’olonchilar tor-mor qilingach Oydo`stbiyning boshi tanasidan judo etiladi.
Oydo`stbiy o`limiga bag’ishlab
Xiva tarixchisi va shoiri Munis marsiya yozgan.
Marsiya – bir shaxsning vafoti munosabati bilan uning xotirasiga bag’ishlab
yozilgan motam she’ri.
Qoraqalpoq xalqi madaniyati va adabiyoti
Turmush tarzi. Qoraqalpoqlar
uzoq yillar davomida ko`chmanchi turmush
tarzidan
o`troqlikka o`tish jarayonini boshidan kechirgan.
Aholining asosiy qismi
o`tov va paxsa uylardan iborat ovullarda yashardi, keyinchalik qo`rg’on (qal’a) va
shaharlar vujudga keladi. Qoraqalpoqlarda bir urug’
ichida qiz olish,
qiz berish
taqiqlangani uchun boshqa urug’dan qiz olib qochish odat bo`lgan.
Qoraqalpoqlar qishlovni dengiz va daryo bo`ylarida o`tkazgan. Arava, qayiq,
sol va ot asosiy transport vositasi bo`lgan. Kiyim-kechagida milliylikka e’tibor
bergan, bu narsa ayniqsa ayollar va qizlar savkeli (qalin bo`zdan tikilib, kumush va
marjon bilan bezatilgan bosh kiyim)da yaqqol namoyon bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: