Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
XVIII-XIX asrlarda qoraqalpoq adabiyoti
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
XVIII-XIX asrlarda qoraqalpoq adabiyoti
Yozma adabiyot qoraqalpoqlarda XVIII asrdan boshlab shakllandi va rivojlana bordi. XVIII-XIX asr birinchi yarmida qoraqalpoq adabiyotining ko`plab namoyandalari ijod qildi. Jiyen Jirov (1730-1784) baxshi va hajvchi shoir edi. U «Hoy yigitlar, yigitlar», “Yuragimda ko`p dog’im» kabi she’rlarida jamiyatdagi nohaqliklarni, hukmron tabaqalar zulmini fosh etadi. Qozoq xoni Abulxayrdan engilan qoraqalpoqlarning ko`chishlari guvohi bo`lgan shoir «Darbadar el» dostonini yozdi, unda qoraqalpoqlarning mashaqqatli davri tarixini bayon etgan. Sirdaryo bo`ylaridagi qoraqalpoqlarning bir qismi Toshkent atrofiga (Chirchiq bo`ylariga); boshqa qismi Qizilqum orqali Xorazmga (Orol janubiga) ko`chib ketganlar. J.Jirov baxshi sifatida «Qirqqiz», «Alpomish» kabi dostonlarni kuylagan. Kunxo`ja Ibrohim (1799-1880) qoraqalpoqlarning ko`zga ko`ringan vakillaridan biri. Shoirning «O`roqchilar», «Cho`ponlar», «El bilan» kabi she’rlarida Xiva xonligiga tobe bo`lib qolgan qoraqalpoqlarning og’ir, erksiz hayotini tasvirlaydi, hukmron tabaqalar kirdikorlarini fosh etadi. Ajiniyoz Qo`siboy o`g’li (1824-1878) (taxallusi Zevar) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biri. Mo`ynoqdagi eski maktabda va Xivadagi SHerg’ozixon madrasasida o`qib, ilm oldi. Uning «Bo`zatov» dostoni qoraqalpoqlarning boshqa yurtlarga ko`chishi haqida. Ajiniyozdan 100 dan ortiq she’r va dostonlar meros qolgan. 1999 yil Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi munosabati bilan Nukus shahrida Ajiniyoz maydoni barpo etilib, unga haykal o`rnatildi. 209 Berdaq (1827-1900) (ismi Berdimurod Qarg’aboy o`g’li) qoraqalpoq xalqi adabiyotining asoschisi. Berdaq ovul maktabida va madrasada tahsil ko`rgan, 18- 19 yoshidan she’r aytib, 25 yoshida tanilgan. Uning «Bo`lgan emas», «Umrim», “Soliq” kabi she’rlarida xalqning og’ir hayoti, Xiva xoni va amaldorlari zulmiga qarshi norozilik aks etgan. «O`g’limga», «Ahmoq bo`lma», «Xalq uchun» she’rlarida yoshlarni vatanni sevishga, ma’rifatni egallashga, xalq uchun jonni ayamaslikka chaqirdi. Berdaq xon zulmiga qarshi kurashgan xalq qahramonlari haqida «Omongeldi», «Oydo`stbiy», «Ernazarbiy» kabi tarixiy asarlar yozgan. Uning «Avlodlar» asari tarixiy voqealar solnomasi bo`lib, xalqlarning kelib chiqishi, qoraqalpoqlarning turkiy xalqlar bilan aloqasi, hayotidagi umumiylik bayon etilgan. Berdaqning «Ernazarbiy» dostonida Xiva xonligi zulmiga qarshi ko`tarilgan isyon aks ettirilgan. Berdaq tavalludining 170 yilligi 1998 yil nishonlandi, unga Toshkentda va tug’ilgan joyi - Bo`zatovda byust, Nukusda haykal qo`yildi. Tayanch so`zlar: Qo`ng’irot, Xo`jayli, Mang’it, CHimboy, “Qirqqiz”, «Omongeldi», «Oydo`stbiy», «Ernazarbiy». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling