Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Toshkent hokimligi tashkil topdi. Anhorning o`ng tomonida devor bilan o`ralgan
O`rda - davlat mahkamasi qurilgan, unda xon qarorgohi, devonxona, zarbxona joylashgan. O`rdani harbiy qism qo`riqlagan. Toshkent hokimligi hududi kengayishi. Yunusxo`ja 1796 yil Chimkent, Sayram va o`nlab shaharlarni, 1799 yil Turkistondan Chu daryosigacha va Qorako`l mavzeini Toshkentga qo`shib oldi. Yunusxo`ja o`ziga tobe bo`lgan Katta qozoq juzi qabilalarini boshqarishni o`sha urug’ boshliqlariga topshirib, qozoq biylaridan o`ziga tayanch yaratdi. Yunusxoja qozoqlar, ayniqsa Qorakesak bo`lisi sultoni Bukey bilan yaqin aloqada bo`lgan. Chunki Bukey sulton va uning o`g’illari Toshkent va rus karvonlarini qaroqchilardan himoya qilib, kuzatib borgan. Yunusxo`ja qo`shinida Katta juz qabilalari asosiy kuchni tashkil etib, Qo`qonga qarshi urushda jonbozlik ko`rsatgan. Toshkent davlati Qo`qon va Buxoroni Orenburg va Sibir bilan bog’lovchi karvon yo`llari o`tadigan Turkiston, Chimkent va Sayramni o`z qo`lida tutib, Markaziy Osiyo bilan Rossiya savdosida etakchi bo`lishga intiladi. Bu hol Qo`qon bilan Buxoroning Toshkentga munosabatining keskinlashuviga olib keldi. Katta Qozoq juzi ustidan Toshkent o`z ta’sirini kuchaytirishi Qo`qonning mavqeini 213 chegaralab qo`ydi. Chunki Farg’onani Rossiya bilan bog’lovchi asosiy savdo yo`li Toshkent orqali o`tar edi. Qo`qon xoni Olimxon 1799 yil Toshkentga yurish qildi. Yunusxoja 1799 yil Chirchiq bo`yidagi Qorasuv mavzeida Qo`qon xoni Olimxonga zarba bergach, Sirdaryo o`ng sohilidagi Qurama mavzeini qo`shib oldi. Toshkent shahrini o`ragan devorning uzinligi 18 chaqirim bo`lib, 10 ming xonadon yashagan. Toshkent Rossiya, Qoshg’ar va Xitoy bilan savdo qilgan. Yunusxoja davrida 2 xil pul: rupiya va tanga zarb qilingan (5 tanga 1 rupiyaga teng bo`lgan). Shahar nazorati va soliq yig’ish Boshchixojaning qo`lida edi. Hokimning 4 ta maslahatchisi bo`lib, shahar savdosini qozi va devonbegi nazorat qilishgan. Rais shariat qonunlarini, bozordagi narx va o`lchovlarni nazorat qilgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling