Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Amir Nasrullo istilosidan keyin siyosiy ahvol


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Amir Nasrullo istilosidan keyin siyosiy ahvol. Nasrulloning Qo`qondagi 
noibi Ibrohim dodxoh aholini Qo`qondagi soliqlarga qo`shimcha Buxoroda joriy 
qilingan soliqlarni ham to`lashga majbur qilishi natijasida 1842 yil qo`zg’olon 
ko`tarilib, qipchoqlar yordamida Nasrulloning Qo`qondagi hukmronligi tugatildi. 
Qo`qonning mustaqilligi tiklangach, taxtga Norbo`tabiyning ukasi Hojibekning 
o`g’li Sheralixon (1842-1845) o`tirdi. Qo`qonliklarga yordam bergan qipchoqlar 
yo`lboshchisi Musulmonqul mingboshi lavozimni egalladi. Nasrullo yana yurish 
qilib Qo`qonni 40 kun qamal qildi. Biroq Xiva xoni Olloqulixonning Buxoroga 
hujumi tufayli Buxoroga qaytishga majbur bo`ldi.
Sherolixon davrida soliq undirish kuchayishi aholining noroziligini keltirib 
chiqardi. Muhim lavozimlarni egallab olgan qipchoqlar davlat ishlarida o`z 


216 
hukmronligini o`tkazishga; o`zbek, qirg’iz va tojiklarning ta’sirini kamaytirishga 
urindilar. Qo`qonga ko`plab qipchoqlar ko`chib kelib mahalliy aholining uy-joyini, 
mol-mulkini ola boshlagach qipchoqlarga nisbatan norozilik kuchaydi.
Musulmonqul 1845 yil soliqlarning og’irligidan O`shda ko`tarilgan 
qo`zg’ollonni bostirish uchun yuborildi. Isfara hokimi 1845 yil Samarqandda 
yashayotgan Olimxonning o`g’li Murodxonni olib kelib taxtga o`tqazadi va 
Sheralixon o`ldiriladi. Musulmonqul Namanganga kelib qizini Sheralining o`g’li 
Namangan hokimi 13 yoshli Xudoyorga nikohlab berib, Murdxonni qatl ettirdi. 
Musulmonqul kuyovi Xudoyorni Xon (1845) qilgach, qipchoqlar hukmronligi 
boshlandi. Qipchoqlar Qo`qonga yoppasiga ko`chib kelib mahalliy aholini haydab 
chiqardi va uylariga o`rnashib oldi. Davlat boshqaruvi Musulmonqulning qo`lida 
edi.
Qipchoqlar sug’orish inshootlarini egallashi va mahalliy aholi suv uchun 
soliq to`lay boshlashi, mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab bo`ldi. 
Qo`zg’olon xavfi tug’ilgach Musulmonqul rus qo`mondonligi vakili Vel’yaminov-
Zernov bilan maxfiy uchrashdi. Xudoyorxon bundan cho`chib qaynotasi 
Musulmonqul va qipchoqlar hukmronligiga barham berishga qaror qildi. 
Xudoyorxon Toshkentdan chaqirilgan qo`shin bilan 1852 yil 9 oktyabrda 
qipchoqlar qirg’inini uyushtirdi. Musulmonqul qatl etildi, qipchoqlar mulki 
musodara qilinib, aholiga sotildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling