Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Evropa sayyohlari va olimlari asarlari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Evropa sayyohlari va olimlari asarlari ichida ingliz savdo va diplomatiya 
vakili 
A.Jenkinsonning 
«Jenkinsonning 
Rossiyadagi 
Moskva 
shahridan 
Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohati» nomli esdaliklari Xiva 
xonligining XVI asr tarixi haqida muhim ma’lumot beradi. Venger sharqshunos 


201 
olimi, sayyoh A.Vamberining «O`rta Osiyo bo`ylab sayohat» asari Xiva tarixi 
bo`yicha qimmatli manba hisoblanib, o`zbek tilida ham chop etilgan. 
O`zbek olimlari Xiva xonligi tarixini o`rganish bo`yicha katta hissa 
qo`shdilar. Akademik I.Mo`minov boshchiligida 1976 yil «Xorazmning qadimgi 
davridan hozirgi kungacha bo`lgan tarixi» yaratildi. Xorazmning eng qadimgi 
davrdan hozirgi kungacha, jumladan XVI-XIX asr birinchi yarmi tarixi haqida 
Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan 1997 yil chop etilgan «Xiva 
- ming gumbaz shahri» kitobi tarixiy dalillarga boy asardir. Xiva xonligi arxivi 
1962 yil Toshkentga olib kelingan, hozir O`zbekiston markaziy davlat arxivida 
saqlanmoqda.
Tayanch so`zlar: Qo`ng’irotlar, Muhammad amin, Avaz inoq, Eltuzarxon
Muhammad Rahimxon, Ichan qal’a, Dishan qal’a.
3-§. Qoraqalpoqlar XVI - XIX asrning birinchi yarmida. 
Qoraqalpoq xalqining shakllanishi, 
siyosiy-ijtimoiy hayoti 
Qoraqalpoq xalqining shakllanish tarixi. Qoraqalpog’iston hududida 
odamlar neolit davridayoq yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etiladi. Orolbo`yi 
dashtlariga II-VIII asrlarda bir qator turkiy qabilalar kelib joylashgan. Kirib kelgan 
qabilalar bilan mahalliy aholining qo`shilishi natijasida Orolbo`yida bijanaklar va 
o`g’izlar shakllangan. Bijanaklar negizida VIII-X asrlarda qoraqalpoqlarning xalq 
sifatida shakllanish jarayoni boshlangan.
Bijanaklarning bir qismi X asr boshida Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga 
ko`chishga majbur bo`lgan. Bunga o`g’iz va qipchoqlar tazyiqi sabab bo`lgan. Ular 
XII asr rus yilnomalarida «chernыe klobuki» (qoraqalpoq) deb tilga olingan. 
Qoraqalpoq xalqining nomi shu atamadan olingan. Volga va Ural (YOyiq) 
daryolari oralig’ida qolgan bijanaklarni Irtish daryosi atrofidan kelgan qipchoqlar 


202 
zabt etgan. Ular qipchoqlar bilan aralashib, tilini qabul qilgan. Qipchoqlar tarkibiga 
kirgan bijanaklar (qoraqalpoqlar) “qora bo`rkli” deb atalgan. 
Chingizxon XIII asr boshida Urganchni suvga bostirish uchun Amudaryo 
to`g’onini buzib tashlagach, Amudaryoning o`zani ham o`zgargan. Suvsiz qolgan 
Orolbo`yi qoraqalpoqlarining bir qismi Volga va O`ral (YOyiq) bo`ylariga, 
Sirdaryo vohalariga ko`chib ketadi.
Oltin O`rda ziflashgach mustaqil davlatlar ajralib chiqqan, ulardan biri XIV 
asr oxirida tashkil topgan No`g’ay (Mang’it) xonligi edi. Uning chegarasi 
Volgadan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizidan Kama daryosigacha 
bo`lgan hududlar kirgan. Qoraqalpoqlar ko`chib borib joylashgan hududlar XV- 
XVI asrlarda No`g’ay xonligi hududiga kirgan. No`g’ay va qoraqalpoqlar birga 
yashagani uchun No`g’ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi qoraqalpoq 
tiliga juda yaqin.
Bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni XVI 
asrda nihoyasiga etgan. Ular alohida xalq bo`lgani haqidagi manbalar XVI asr 
oxirlariga to`g’ri keladi. YA’ni, 1598 y. Buxoro xoni Abdullaxon II ning bir 
yorlig’ida “qoraqalpoqlar” degan so`z qayd etilgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling