Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dishan qal’a
- Hunarmandchilik
Muhammad Aminxon Ichan qal’aning g’arbidagi Ko`hna ark yonida Kalta
Minor minorasini qurdirdi. Ichan qal’ani qurishda Xiva me’morlari Markaziy Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan inshootlarni ro`parama-ro`para qurish usulidan foydalandi. Bu usul «qo`sh» deb ataladi. Bundan tashqari, binolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham amal qilindi, xususan Polvon darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy, xon saroyi majmuasi ansamblni tashkil etadi. Noyob me’morchilik obidasi - Ichan qal’a 1961 yil davlat muhofazasiga olingan va muzey-qo`riqxonaga aylantirilgan. Maydoni 26 ga.ni tashkil etadi, unda 54 ta tarixiy obida joylashgan. 1969 yildan muzey qo`riqxona Xiva “Ichan qal’amuzey-qo`riqxonasi” deb ataladi. Ichan qal’a 1990 yil Butunjahon yodgorliklari ro`yxatiga kiritildi. Dishan qal’a - Tashqi qal’a Xiva shahrining rabod qismi hisoblanib, unda savdo va hunarmandchilik do`konlari, mahalalar joylashgan. Xiva shahrini dushman hujumidan saqlash maqsadida Olloqulixon 1842 yil uzunligi 6250 m., balandligi 7-8 m., qalinligi 5-6 m. devor bilan o`ratgan. Ichan qal’a 4 darvozali bo`lsa, Dishan qal’a 10 darvozali bo`lgan. Hunarmandchilikning avvalgi asrlarda mavjud bo`lgan har xil turlari XVIII asr ikkinchi yarmi va XIX asr birinchi yarmida ham rivojlandi. Me’morchilikning rivojlanishi kulolchilikda ham o`z ifodasini topdi. Kulollar faqat alohida buyumlar 199 emas, balki yuzlab lagan, tovoq va kosalardan iborat to`y majmualarini, alohida tantanalar uchun maxsus to`y va podshoyi tovoqlar ham tayyorlagan. XIX asr 30- 40-yillariga oid manbalarda Xivadagi etakchi hunar - zargarlik tilga olingan. Xivaning bosh taqinchog’i - jig’a Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalariga ham keng tarqalgan. Isirg’alar feruza va marjonlar, bilaguzuklar qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. XIX asrda Xiva yog’och o`ymakorligi maktabi xonlikda oldingi o`rinda turardi va badiiy yuksakligi bilan ajralib turardi. Olloqulixon saroyida Toshhovli ayvon ustunlari majmuyi ko`rkamligi bilan ajralib turadi. XIX asr o`rtalarida o`ymakori eshik va ustunlar ustasi Polvon Abdusattor o`g’lining nomi ayniqsa shuhrat qozondi. Xiva shahri XX asr boshlarigacha xonlikda yagona shoyi to`qish markazi bo`lib qoldi. XIX asrda Xivada matoga gul bosish san’ati kulrang uyg’unligi va mayda gullari bilan Markaziy Osiyoning boshqa gul bosish markazlaridan farq qilgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling