Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qo`qon xonligida madaniy hayot 
Umarxon va madaniy muhit. Qo`qon, Marg’ilon, Andijon, Namangan, 
Toshkent shaharlari Qo`qon xonligining savdo-hunarmandchilik va madaniyat 
markazlari bo`lgan. Qo`qon shahrida 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, 
Marg’ilonda 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjid faoliyat yuritgan. XVIII - XIX 
asr birinchi yarmida bu erda ilm-ma’rifatda mashhur ijodkorlar etishib chiqdi.
Qo`qon xoni Umarxon XIX asr boshlarida vujudga kelgan ilmiy-madaniy 
muhitning asoschisi, ma’rifatparvar hukmdor va shoir edi. Qo`qon ilmiy-madaniy 
muhitining rivojida Umarxonning umr yo`ldoshi, shoira Nodirabegimning ham 
hissasi katta bo`ldi. Umarxon Amiriy taxallusi bilan she’rlar yozgan, uning atrofida 
70 dan ortiq shoir yig’ilgan. Amiriy o`zbek va fors tillarida ijod qilgan; g’azallar 
devoni 1882 yil Istambulda, 1905 yil Toshkentda chop etilgan.
Fazliy Namangoniy Umarxon amri bilan 1821 yil 63 shoirning she’rlarini 
o`z ichiga olgan «Majmuayi shoiron» to`plamini tuzgan. 10 ming misradan ortiq 


221 
o`zbek, fors-tojik tilidagi g’azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi she’rlar to`plangan 
devon yaratilgan.
Maxmur (Mahmud, XVIII asr oxiri - 1844) Qo`qondagi Madrasai Mirda 
o`qigan, keyin qo`shinda sipohilik qilgan. Maxmurning hajviy she’rlar devonida 
69 asar (3717 misra) jamlangan. Maxmur ijtimoiy hajviyani yuksak pog’onaga 
ko`taradi, hajviy asarlarida xalqqa jabr etkazgan amaldorlarni tanqid qiladi. 
«Hapalak» she’rida Hapalak qishlog’idagi manzarani aks ettirsada, aslida butun 
xonlikdagi manzarani ifoda etadi.
Gulxaniy (Muhammad Sharif) 1770 y. Tojikistonning Tavildara tumanida 
tug’ilib, boshlang’ich ta’limni qishlog’ida olgan, u muhtojlik tufayli Namanganga 
kelib mardikorlik qilgan. Qo`qonda yashab hammomda go`lax (o`t yoquvchi) 
bo`lib ishlagani uchun «Gulxaniy» taxallusi bilan ijod qilgan. Gulxaniy o`zbek 
adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida birinchi bo`lib kiritgan. 
Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida axloqiy-ta’limiy ahamiyatga ega «Maymun 
va Najjor», «Tuya bilan Bo`taloq», «Toshbaqa bilan Chayon» kabi masallar o`rin 
olgan. Asardagi Yapoloqqush va Boyo`g’li, Ko`rqush va Hudhud, Kulonkir sulton 
va Malik shohinlar obrazi orqali jamiyatdagi illatlarni, hukmron tabaqalarning 
xalqqa zulmini, xalqning og’ir turmushini ochib bergan.
Uvaysiy, Jahon otin (1779-1845) Marg’ilonda ma’rifatli oilada tug’ilgan, 
otasi o`zbek va tojik tilida ijod qilgan; oiladagi muhit Uvaysiyda ijod qobiliyatini 
yuzaga chiqardi. Umarxon Marg’ilon hokimi bo`lib turgan yillarda (1806-1807) 
Uvaysiy el orasida shoira sifatida tanilgan edi. Uning iste’dodi Nodirani rom etgan. 
Umarxon taxtga o`tirgach, Uvaysiy Qo`qonga taklif etilgan, u yoshlarga 
murabbiylik qilgan. Uvaysiydan 4 ta lirik devon, 3 doston meros bo`lib qolgan.
Nodira, Mohlaroyim (1792-1842) Andijonda tug’ilgan, otasi Andijon 
hokimi Rahmonqulibiy bo`lib, Olimxonning tog’asi edi. Umarxon Marg’ilonga 
hokim etib tayinlangach Nodiraga uylangan. Mohlaroyim o`zbek va tojik tillarida 
Nodira taxallusida 180 she’r jamlangan devon, Komila taxallusida 19 g’azal, 
Maknuna taxallusida 333 g’azaldan iborat devon yozgan. Nodira she’riyati asosini 
lirika tashkil etib, undan 10 ming misraga yaqin lirik adabiy meros qolgan. Nodira 


222 
Navoiy, Fuzuliy va Bedil g’azallariga muxammaslar yozgan. (Nodira o`z davrda 
ishlangan miniaturada tasvilangan) 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling