Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. O`zbek xonliklarining taraqqiyotdan orqada qolish sabablari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

2-§. O`zbek xonliklarining taraqqiyotdan orqada qolish sabablari 
Jahon taraqqiyoti. G’arbiy Evropada sanoat ishlab chiqarishning etakchi 
tarmog’iga aylanib, XVI asr o`rtalaridan to`qimachilik, qog’oz, shisha ishlab 
chiqarida mehnat taqsimoti va qo`l hunari texnikasiga asoslangan korxona - 
manufaktura (lotincha: manus - qo`l, faktura - tayyorlash)lar vujudga keldi. XVIII 
asr ikkinchi yarmida asbob-uskunalarni harakatga keltiruvchi bug’ mashinasi 
(motor) ixtiro qilingach asosiy ishlarni mashinalar bajaruvchi fabrika-zavodlar 
vujudga keldi. Bug’ mashinasi bilan haraktlanuvchi parovoz, poroxod, cho`yan va 
po`lat oluvchi domna pechlar yaratildi, temir yo`llar qurildi.
Sanoatning rivojlanishida yirik boy tabaqalarning tashqi savdodan
mustamlakalardan, manufakturadan orttirgan boyliklari sanoatni rivojlantirish 
uchun sarmoya sifatida qo`yilishi muhim omil bo`ldi. Eng muhimi xo`jalik yuritish 
uchun zarur bo`lgan mashinalarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi va og’ir sanoat 
vujudga keldi.
Bu jarayon jahonda notekis bordi va o`zbek xonliklari ham taraqqiyotdan 
orqada qolib borishi haqida I.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q» (1998) 
asarida: «bu millat XVII-XIX asrlarga kelib to shu choqqacha erishgan yusalish 
darajalaridan tushib ketdi? Ajdodlarimiz qattiq qarshilik qilishiga qaramay, chor 
Rossiyasining o`lkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham 
o`rni bo`lmaganmikan?» - degan edi.
Qoloqlik sabablari. Butun mamlakat va aholining 3 ga bo`linib ketishi, 
xonliklar o`rtasidagi urushlar xonliklarni orqada qolishga mahkum etdi. Viloyat va 
tumanlarni, hatto butun mamlakatni har bir xonlik ichidagi hokimiyat uchun ichki 
kurash, o`zaro nizolar, boshboshdoqlik, ig’vo-fasod avj olishi xonavayron qilardi.
O`zbek xonliklarida asrlar davomida o`zgarmay kelayotgan davlat idora 
usuli taraqqiyotga g’ov bo`lib qolgan edi. Xonliklar o`rtasidagi o`zaro urushlar
etnik nizolar tufayli yoki zo`rlik bilan urug’-qabila jamoalarini boshqa joylarga 
ko`chirilishi etnik guruhbozlikni keltirib chiqarib, aholini bir butun xalq bo`lishiga 
xalaqit berardi. Davlat va viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan 


233 
tushunchasining qadri anglab olinmadi. Odamlarni, Turkistonni, xalqni 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling