Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

 
 
 
 
 
 
 
 
 


235 
IV bo`lim: CHOR ROSSIYASI MUSTAMLAKACHILIGI 
(XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlari)
 
XI-bob: XIX asr o`rtalarida O`zbek xonliklarining
ijtimoiy-siyosiy hayoti 
 
1-§. O`zbek xonliklarining siyosiy tuzumi va davlat boshqaruvi 
Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Mamlakat uchga bo`linib ketgach siyosiy-
iqtisodiy pasayish davri boshlanib, bu holat XIX asrning o`rtalarida xatarli tus oldi. 
Shu davrda Evropa mamlakatlarida davlat boshqaruv usuli yangilanib, fan-texnika 
o`sa boshladi, mudofaa quvati Sharqdan ustun edi. Uchala xonlik birlashmaganligi, 
o`zaro ittifoq tuzmaganligi, ilg’or texnika bilan qurollanmaganligi, O`zbek 
davlatchiligini halokatga yaqinlashtirib, xonliklar dunyodan uzilib qolishiga sabab 
bo`ldi.
Xiva xonligi Rahimxon II davrida birmuncha rivojlanib, turkiy davlatlar 
bilan aloqalar kuchaydi. Xonliklarda o`zaro qarama - qarshilik zo`rayib, 
dushmandan himoyalanishning zaiflashuvi Rossiya uchun bosqinchilik yurishini 
boshlashiga imkoniyat tug’dirdi. Xonliklarda boshqaruv eskicha bo`lib, siljish 
sezilmasada, biroq shu davrning aks-sadolari Uyg’onish davrining vakillari – 
jadidlar bo`ldi
1
.
Xonliklarning asosiy boyligi er hisoblanib, daromad asosan dehqonchilikdan 
kelar edi. Katta er maydonlari davlat tasarrufida bo`lib, jasorat ko`rsatgan yoki 
xonning ishonchini qozongan amaldorlarga er ajratib berilgan.
1) Davlatga qarashli erlar amloki podshohiy, amloki sultoniy deyilgan. 
Davlat erlaridan ijaraga er olgan dehqonlardan soliq mahsulot yoki pul tarzida 
undirilgan. Eng ko`p soliq ijaraga berilgan er va xususiy er egalaridan undirilgan.
2) Xususiy er merosiy bo`lib, mulki xolis deyilgan.

Qаrаng: Rаhimоv J. Turkistоnning chоr Rоssiyasi tоmоnidаn zаbt etilishi. “O`ZPFITI”, T., 1990. 


236 
3) Vaqf mulki maorif va madaniyatni rivojlantirishda asosiy moddiy tayanch 
hisoblanib masjid, madrasa xarajatlari uchun ishlatilgan. Vaqf mulki mutavalli 
tomonidan boshqarilgan. Talabalarga moddiy yordam ehsonlar evaziga tushgan 
daromaddan berilgan.
4) Uchala xonlikda ham qisman qishloq jamoa erlari bo`lib, qishloq 
oqsoqollari nazoratida bo`lgan. Qishloq jamoa erlarida mol boqilgan, baliq 
ovlangan, o`tin terilgan, uy-joy qurgan.
Xiva xonligida er egaligi Qo`qon va Buxorodan farq qilib, erlarning katta 
qismi xon va uning yaqin qarindoshlariga qarashli edi. Xon va uning 
qarindoshlariga qarashli erlardan dehqonlarga ijara er ajratib berilgan. Xiva 
xonzodalariga qarashli erlar xususiy hisoblanib, ular xazinaga soliq to`lamaganlar.
Xonliklarda suv ishlari bilan mirob shug’ullanib, saroyda bosh mirob 
lavozimi mirobboshi deyilgan va ular davlat maslahatchisi vazifasini ham 
bajargan. Mirobboshining saroy va viloyatlardagi yordamchilari miroblar edi. 
Xonliklarning asosiy suv manbai Amudaryo va Sirdaryo hisoblangan. Amudaryo 
suvining Nil, Hind, Dajla, Setlaj daryolari suvidan ham minerallarga boyligini olim 
V. V. Sinzerling tekshirgan.
Davlat siyosatida suv ta’minotiga siyosiy tus berilgan. Sun’iy kanallar 
qazishda birinchi bo`lib xon, keyin mirobboshi ishni boshlab bergan. XIX asrda 
ham Muxammad Xorazmiyning matematikaga oid asarlaridan kanallar qazishda 
foydalanilgan. Xorazmliklar ikkita xavf ostida yashaganlar, bu xavf - tashqi 
dushman hujumi va Amudaryo toshqini. Qo`qon xoni mingboshisi Musulmonqul: 
«kimki er olmoqchi bo`lsa, ariq qazisin» - deb, xalqqa murojaat qilgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling