Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Xonliklarning siyosiy tuzumi va davlat boshqaruvi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xonliklarning siyosiy tuzumi va davlat boshqaruvi
Buxoro amirligi hududi, aholisi va iqtisodiy jihatdan alohida o`rinda turib, 
islomiy mafkurasi jihatidan boshqa xonliklarga ham ta’sir qilgan. XIX asr 
o`rtalarida Buxoro amirligining hududi 200 ming km
2
kvadrat, aholisi 3 mln. 
kishiga yaqin bo`lgan. Buxoro amirligida ko`chmanchi turkman, qoraqalpoqlar 
cho`l zonalarida chorvachilik bilan shug’ullangan; SHarqiy Buxoroda asosan 
o`zbek va tojiklar yashagan.
Buxoroda hokimiyat mang’itlar sulolasi qo`lida bo`lib, davlat ishlari bosh 
qarorgoh - Arqda hal etilar edi. Amirlikdagi boshqaruv usuli boshqa musulmon 
davltlaridan farq qilib, Amir davlatni beklarga tayanib idora qilgan, boshqaruv 
mutloq uning qo`lida edi. Mahalliy boshqaruv huquqi 26 viloyat bekliklariga 
berilgan. Poytaxt Buxoro shahrini amirning eng yaqin yordamchisi qushbegi – 
birinchi vazir idora qilgan.
Amir - oliy hukmdor, ya’ni cheklanmagan hokimiyat egasi bo`lib, ijroiya 
hokimiyatni bosh vazir - qushbegi amalga oshirgan. Devonbegi saroy huzurida 
faoliyat ko`rsatib, uning mahalliy bo`limlari moliya va iqtisodiy masalalar bilan 
shug’ullangan. Miroxurboshi - amir xazinasining bosh xazinachisi bo`lib, harbiy 
yurishga, ovga chiqiladigan otlarni tayyorlashga ma’sul bo`lgan. Bovul boshi – 
amir oshxonasining boshqaruvchisi. Farroshboshi - saroy ozodaligi va tartiboti 
nazoratchisi. Bakovulboshi - amir oshxonasining nazoratchisi. Zakotchi - soliq 
yig’ish vazifalarini bajaruvchi. Mirzaboshi - saroy munshisi amirlik sulolasi 


240 
tarixini yozish, diplomatik yozishmalarga ma’sul bo`lgan. Qushbegiyi poyon, 
Miropoyon kabi vazirlar qushbegi va amirga bo`ysungan. To`pchiboshi amirning 
harbiy qo`mondoni - sarkardasi.
Qozikalon (bosh sud’ya) devoni - yorliq masalalari bilan shug’ullanuvchilar 
shariat arboblarini mansabga qo`ygan va bo`shatgan, shariat qoidalarini 
bajarilishini nazorat qilgan. Qozikalon devoni tarkibida yana tergovchi 
mahkamaboshi, miroxur boshi, tarakachi - merosiy nizolarni shariy hal etuvchi; 
mulozimlar - diniy, huquqiy vazifa ijrochilari faoliyat ko`rsatgan. Rais kalon 
devoniga xalifa, noib, durra-dast - jazolovchi, mulozimlar, mirzalar, miroxur boshi, 
devonbegi, tarakachi, tergovchi, shahar mirobi amaldorlik mansablari kirgan.
Quyi amaldorlar - mirzolar, (shotir, yo`rg’a)larning vazifasi amir davlat 
hududini aylanganda ular yo`llarni ochib yurar, odamlardan tushgan arizalarni 
amirga etkazar edi. Shahar qo`riqchilari boshlig’i - mirshabboshining vazifasi 
shahar osoyishtaligi, va tinchligini ta’minlish, jinoyatchilikning oldini olish 
bo`lgan.
Amirlikda turli xizmatlarni ado qiluvchi mansablardan: mirob - suv 
ta’minoti boshlig’i; parvonachi - amir farmoyishlarini e’lon qiluvchi; xudaychi - 
amirning yonida yurib, tantanalarni boshqaruvchi; shig’ovul - amirning 
yordamchi-maslaxatchisi, xorijiy mehmonlarni kutib oluvchi; tanqador - amirning 
kayfiyatini ko`tarib, oromini saqlovchi; salom og’asi - amir mamlakatni kezganda 
bildirilgan ehtiromni qabul qiluvchi; sufiyi jilov - amir safarga chiqqanda fotiha-
duo qiluvchi; imomi jilov – safar paytida amirga rivoyat so`zlovchi; dasturxonchi - 
amir dasturxonini tuzatuvchi. Mulozimlar amirning nazariga tushsa dodxox, inoq, 
tuqsabo, otaliq, eshik og’asi kabi amaldorlik unvonlari berilgan.
Amir Nasrullo (1826-1860) Buxoroda yuqoridagi tizim asosida davlatni 
idora qilgan oxirgi mustaqil amir bo`ldi. Nasrulloning vorisi amir Muzaffar (1860-
1885) atigi 8 yil amirlikni mustaqil idora qilib, keyin Rossiyaga vassal bo`lib 
qolgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling