Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

birlashtirish g’oyasi ostida uyushtira oladigan yo`lboshchi, siyosiy kuch 
topilmadi.
Xonlar va saroy amaldorlari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga xalaqit 
berayotgan eski ishlab chiqarish usulini himoya qilardi. Xonliklarning asosiy 
boyligi bo`lgan erga egalik qilishning, mulkchilikning eski usuli asrlar davomida 
o`zgarmasdan kelardi. Erning egasi xon edi, xonga alohida xizmat ko`rsatgani 
uchun bir hovuch kishilarga er hadya qilinardi. Dehqon erni avaylashdan, uning 
unumdorligi oshishidan manfaatdor emas edi, chunki erni ijaraga olib ishlovchi 
dehqon erning egasi emasdi, shuning uchun u boshqa joylarga ketaverardi.
Aholi og’ir soliqlardan, g’ayriqonuniy yig’im va majburiyatlardan azob 
chekardi. Turmush darajasi past bo`lib, aholi iste’mol uchun eng zarur bo`lgan tor 
doiradagi oddiy buyum va mahsulotlar bilan qanoatlanishga majbur edi. Ishlab 
chiqarish asosan iste’molga yo`naltirilgan bo`lib, iqtisodiyotning o`sishi uchun 
turtki bo`lolmasdi. Dehqonchilik nochor ahvolda bo`lib, erga ishlov berish 
eskicha-bir juft ho`kiz, so`qa-omoch darajasida qolib ketgan edi. Sug’orish 
ishlariga ahamiyat pasayib, sug’oriladigan er maydonlari qisqarib borardi.
Xonliklarda sanoat ishlari rivojlantirilmadi. Rangli metallar, oltingugurt, 
marmar, toshko`mir, neft konlari mo`l bo`lsada, ularni izlab topish va tog’-kon 
ishlarini yo`lga qo`yishga e’tiborsizlik qilindi. O`lkada yirik daryolar bo`lsada 
baliqchilikni sanoat darajasiga ko`tarish, kemasozlikni yo`lga qo`yishga e’tibor 
berilmadi. O`zaro urushlar tufayli Xonliklarda tovar-pul munosabatlari 
rivojlanmadi, savdoda hamon mol ayirboshlash tarzi davom etardi, jahon 
bozoridan ajralib qoldi, xonliklar o`rtasida yagona ichki bozor ham tashkil 
topmadi.
Qoloqlik oqibatlari. Iqtisodiy va harbiy nochorlik, ijtimoiy-siyosiy 
beqarorlik Markaziy Osiyoni bosib olishga intilayotgan davlatlarga qo`l keldi. 
A.Qodiriy “O`tgan kunlar” romanida Yusufbek hoji tilidan: “Maqsadlari juda 
ochiq, bittasi mingboshi bo`lmoqchi, ikkinchisi Normuhammadning o`rniga 
o`tirmoqchi.. Shu holatda ketadigan bo`lsak podsho istibdodi Turkistonimizni 


234 
egallar”- degan. I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” (2008) asarida: 
“Bu hayotning shafqatsiz qonuniyati bor, tarixning burilish pallasida har qanday 
millat va elat ahil bo`lmasa ozodligidan judo bo`lishi shubhasiz” - deb aytgan. 
Tayanch so`zlar: Buyuk Britaniya, Ost-Indiya, Rossiya, Perovskiy, Raim, 
Kopal, Orenburg, Oqmasjid, Muhammad Alixon, Jahongirxo`ja

Yusufxo`ja, 
Haqquli, Qashg’ar, Yorkent, Qozoq juzlari, sanoat, tovar-pul. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling