Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Dehqonchilik xonliklarda qishloq xujaligining asosi bo`lib, boshoqli ekinlar 
etishtirishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Har bir oilada shaxsiy er bo`lib, dehqon 
oilalar hosilning 1/5 qismini soliq tariqasida to`lagan. Dehqonlar paxtani oila va 
bozor ehtiyoji uchun etishtirgan. XIX asr o`rtalarida asosiy paxtachilik hududlari 
Buxoro, Farg’ona, Shaxrisabz, Yangi Urganch, Xozarasp, Kattaqo`rg’on bekliklari 
hisoblangan.


237 
Turkistonda pillachilik qadimdan rivojlangan soha hisoblangan. Ipakchilik 
bilan Farg’ona, Buxoro, Xazorasp, Gurlan, Kattaqo`rg’ondagi xo`jaliklar 
shug’ullanishgan. Sholikorlik bilan Quyi Amudaryo, Samarqand,, Miyonqol 
vodiysi, Gurlan, Qo`shko`pir bekliklari aholisi shug’ullanishgan. Qarshi va 
Kattaqo`rg’onda tamaki etishtirilgan. Jo`xori etishtirish va polizchilik keng 
rivojlangan. Eron, Rossiya, G’arbiy Evropa davlatlariga qorako`l jo`natilar edi.
Hunarmandchilik qadimdan shaharlar hayoti rivojlanishida mehnat 
taqsimotining muhim turi hisoblangan. Xonliklarda sifatli mato to`qish muhim 
o`rinda turgan. Paxtadan kalava ip tayyorlashda o`troq aholi bilan birga yarim 
ko`chmanchi aholi ham shug’ullana boshladi.
Xonliklarda hunarmandchilikning: kulolchilik, etikdo`zlik, po`stindo`zlik, 
nonvoylik, temirchilik, duradgorlik, zargarlik, qandolatchilik, kashtachilik 
tarmoqlari rivojlangan sohalar hisoblanib, shu nomda atalgan ko`cha va mahallalar 
bo`lgan. Mahalla va guzarlar hunarmandchilik nomlari bilan atalishining sababi 
ixtisoslashishning kuchayganligi edi. SHaharlarda buyum yasashning ma’lum bir 
turiga ixtisoslashgan hunarmandchilik keng rivojlangan. Qadimdan hunarmandlar 
hurmatga sazovor va shahar hayotida ta’siri kuchli bo`lib, xalq harakatlariga 
boshchilik qilganlar.
Hunarmandchilikning ixtisoslashgan sohalari bo`yicha: Urgut ip, olacha; 
Xazorasp miltiq yasash; Cho`st va Hisor pichoqlar tayyorlash; Marg’ilon va 
Buxoro shoyi, bo`z va atlas to`qishda mashhur bo`lgan. Yirik ustaxona egasining 
vazifasi: bir necha hunarmandchilik sohalari ustidan nazorat qilar va mahsulot 
sifatini tekshirgan. Oqsoqol hunarmandning vazifasi jamoalarning tartib-qoidalar 
asosida ish bajarishini tekshirib turuvchi vakolatli kishi bo`lgan. U xom ashyolarni 
hunarmandlarga taqsimlash, shogirdlar tutish ishlariga javobgar bo`lgan. 
Shogirdlarga el katxudolari fotixa berib, uskuna bilan ta’minlangan va mustaqil 
ishlashga ruxsat etilgan. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling