Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xiva xonligi Xorazm voxasini butkul birlashtirib, eng ko`p aholi o`zbeklar 
edi. Yana turkman, qoraqalpoq, qozoqlar, va qisman fors va arablar yashagan. 


241 
Xorazm vohasining asl aholisi turli turkiy qavm va qabilalarning birlashmasi 
bo`lib, ular turkiy tilda so`zlashganlar. Buxoro va Qo`qon xonligida davlat tili 
turkiy o`zbek va fors tili bo`lgan, Xiva xonligida turkiy o`zbek tili davlat tili 
bo`lgan.
Xiva xonligining ma’muriy-hududiy bo`linishi 17 ta beklik va viloyatlarga 
bo`linib, Beshariq va Qiyotqo`ng’irot noibligi bo`lgan. Xiva shahri bosh vazir va 
xonning izmida bo`lgan. Poytaxt Xivaning ichki tartibini va xavfsizligini 
mirshabboshi, shahar qozisi, to`pchiboshi, Ichan va Dishan qal’a qutvoli 
(komendant) ta’minlagan. Beklik va noibliklarni xon tayinlagan beklar, noiblar 
idora qilgan.
Xiva xoni ijroiy hokimiyatini bosh vazir va xon devoni boshqargan. Bosh 
vazir, vazirlar, qushbegi, otaliq, rais, qozi kalon, shayxulislom, mirobboshi, 
to`pchiboshi, inoq, devonbegi, xazinachi, moliya ishlari vaziri, saroy munshisi, 
yasovulboshi, mahramboshi shaxsan xon tomonidan tayinlangan. Xon ayrim 
mansablarga nomzod tanlashni bosh vazir, shayxulislom, raislarga topshirgan. 
Xazinaning sarf-xarajatlari haqida xazinachi yo xonga, yoki bosh vazirga hisob 
berib borar edi.
Xiva xonligidagi eng katta mansab va unvonlar inoq, otaliq va biy bo`lib, 
inoq, otaliq va biy darajasiga ko`tarilganlar, hatto soliqlardan ozod qilingan. Biy 
xonning ishonchini qozonsa unga otaliq, inoq unvonlari berilgan. Quyi 
Amudaryoda yashovchi qoraqalpoq ovullarida mahalliy boshqaruv urf-odatlar 
asosida amalga oshirilgan.
Qo`qon xonligi O`rta Osiyodagi katta hududni egallab, shimolda Rossiya, 
g’arbda Xiva, Janubda Buxoro davlatlariga chegaradosh bo`lib, tarkabiga 
Sirdaryoning o`ng sohilidan Olatovgacha, Xo`jand, Toshkent, O`ratepa va 
Farg’ona vodiysi kirgan. Qo`qon xonligida 3 mln. atrofida aholi yashab, asosan 
o`zbek, qirg’iz, qozoq, tojiklar edi; kamroq bo`lsada qoraqalpoq, uyg’ur, qipchoq, 
turkiy qavmlar yashagan. Andijon, Qo`qon, Toshkent shaharlarida. aholi zich 
yashagan.


242 
Sud ishlari uch xonlikda ham ruhoniylar qo`lida edi. Huquq - tartibot 
masalasi bilan qozilar, muftilar, raislar; shariat va axloq qoidalarini hamda tosh-
tarozuni tekshiruvchi mansabdorlar shug’ullangan. Hukmdor xonlikka qarshi 
harakatlarni ochishga boshchilik qilib umrbod zindon, o`lim jazosiga hukm qilgan. 
Xukmdor aralshmaydigan darajadagi sudlov ishlariga shariat-panoh - qozi kalon 
rahbarlik qilgan.
Amirlikda Qozi kalon huzurida ta’sis etilgan Devon - A’lam va 12 muftidan 
iborat bo`lib, ular jinoiy ishni tugallash uchun qaror tuzib bergan. Joylardagi 
sudlov hokimiyati tuman, beklik, shahar qozilariqo`lida edi. Huquq-tartibot ishlari 
bilan mirshablar ham shug’ullangan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling