Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xiva xonligida soliqlar 25 turga yaqin bo`lib, bular: erdan foydalanganlik 
uchun salg’ut solig’i; alg’ut, alg’ut-birla, to`la xo`jalik ish qurollari, hovli va 
hokazolar uchun; miltiq puli - muntazam qo`shin uchun; tarozu puli, mirobona, 
darvozabon puli, mushrifona-er maydoni, hosil va hosil miqdorini aniqlovchi 
uchun to`lanadigan soliq; Afanak puli solig’i-xon farmonni va xabarlarini 
etkazganlik uchun to`lov; shuningdek, ommaviy ishlardan ozod etilganlik uchun
ruhoniylarga to`lanadigan soliqlar edi.
Qo`qon xonligida soliqlar miqdori ko`proq bo`lib, asosan Xiroj va Zakotdan 
iborat bo`lib, to`lash majburiy bo`lgan. Asosan soliq to`lovchi tabaqalar dehqonlar, 
hunarmandlar, chorvadorlar, savdogarlar, ovchilar bo`lgan. Soliq yig’ish huquqi 
ikki xil: hassachi va bekliklar ixtiyorida bo`lib, hassachi yig’gan daromad xon 
xazinasiga, beklik solig’i bek xazinasiga tushgan.
Qo`qon xonligida yana: turli xil mollar va hayvonlardan yig’iladigan zakot; 
to`ylardan (qiz chiqaradigan tomon) olinadigan soliq; meroslarni bo`lishdan 
tushadigan soliq; do`kon, karvonsaroy, omborxonalardan olinadigan soliq; daryo 
kechuvlaridan tushadigan soliq; tuz solig’i; xonga qarashli ijaraga berilgan erlardan 


244 
olinadigan soliq turlari mavjud edi. Donli ekinlar - sholi, bug’doy, jo`xoridan 
g’allaning 1/5 miqdorida soliq olingan. Mevazor bog’lar - uzumzor, sabzavot, 
paxta ekiladigan erlardan soliq miqdori egallagan maydoniga qarab belgilangan.
Qo`zg’olonlar. Qo`qon xonligida xon farmoni va soliqlar siyosatiga turlicha 
munosabat bildirishining sababi turli millat va qavmlar yashaganligi uchun bosh 
ko`targanlar. Qipchoqlar 1852-1853 yy. isyon qilib, Ikki suvda Musulmonqul 
boshchiligida Xudoyorxon qo`shini bilan jang qiladi. Jang 26 soat davom etib, 
qo`zg’olonchilar engiladi, Musulmonqul dorga osiladi.
Qipchoq-qirg’izlar 1854 yil yana harakat boshlab Andijon va Marg’ilonni 
ishg’ol qiladilar. Rustamxon va Mirza Munavvar boshchiligidagi qo`zg’olon 1855 
yil bo`lib, xon amaldorlarini dorga osadi. Xudoyorxon yon berib, Mirza 
Munavvarni O`rdaga mirzaboshi qilib tayinlaydi, keyin Toshkentga jo`natib qatl 
qiladi.
1858 yil Turkiston, Chimkent, Toshkent viloyatlarida qo`zg’olon sodir 
bo`ladi. Toshkent hokimi Ahmad Parvonachining soliq yig’ishda haddidan oshishi 
qo`zg’olonga sabab bo`ldi. Qo`ng’irot urug’idan Kanabiyning bo`y etgan qizlari 
uchun soliq undirishda (20 so`mdan) janjal chiqib, Beshtamg’a va Changiliklar 
qishlog’i aholisi soliq yig’uvchilarni o`ldiradi. Mallabek 1000 kishilik qo`shin 
bilan 1858 yil 10 iyulda Toshkentga etib kelib, qo`zg’olonni tinch yo`l bilan hal 
qilib, soliqlarni ikki marta kamaytiradi, qo`zg’olonchilarga omonlik beradi, bu 
Xudoyorxonning yon berganligini bildiradi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling