Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
-§. XIX asr o`rtalarida Qoraqalpoqlar
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
2-§. XIX asr o`rtalarida Qoraqalpoqlar
Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Qoraqalpoqlar Ural, Emba, Volga, Orol bo`ylari va Sirdaryo quyi havzalarida ko`chib yashashlariga tashqi omillar sabab bo`ldi. Ular XIX asr boshlarida quyi Amudaryo, Orolning janub va janubi-g’arbida muqim hayot tarziga o`ta boshladilar. Qoraqalpoqlar qozoq va turkmanlar hujumiga uchrab Xiva fuqaroligiga o`tishga majbur bo`ldilar. Ularga mulk er- davlatga qarashli er bergani uchun soliq to`lab, majburiyat o`taganlar. 245 Qoraqalpoqlar o`troqlashgach dehqonchilik asosiy o`rin egallay borgan, chorvachilik etakchi soha bo`lib qolavergan. Dehqonchilik qizg’in paytlarda ekinzorlarga o`tov tikkanlar. Qaroqchilar qoraqalpoq o`toviga hujum qilib mol va ayollarini olib ketgan. Baliqchilik va ovchilik ham muhim o`rin egallab, baliq asosiy tirikchilik manbai edi. Sharqdan G’arbga ketayotgan savdo karvonlari qoraqalpoqlardan tuzlangan baliq olib ketgan. Hunarmandchilik qoraqalpoqlarda unchalik rivojlanmagan bo`lsada asosan ro`zg’orga zarur buyumlar tayyorlanib, ortganini bozorga chiqargan. XIX asrda ham qoraqalpoqlarda urug’-aymoqchilik mustahkam tarzda davom etib, xitoy - qipchoq, mang’it va kenagas qabilalarining urug’lari «14 urug’» aris (birlashma)sini tashkil qilgan. Qo`ng’irot birlashmasi (arisi) ikki qismga: shulluq va jovungirga bo`lingan. Shulluq 8 qabiladan iborat edi. Jovungir katta aris hisoblanmasa ham bir qancha urug’larga bo`lingan. XIX asr ikkinchi yarmida er-suv, chorva urug’niki hisoblansada urug’ oqsaqollari, biylar va ruhoniylarning ulushi katta miqdorni tashkil qilishi tabaqalanish kuchayishini yanada tezlashtirgan. Urug’ tarkibiga kirgan oilalar soliq to`lash va majburiyat o`tashda qarzga botishi mulk egalariga qaram bo`lib qolishiga sabab bo`lgan. Urug’larini boshqarish biy va uning oqsoqollari qo`lida edi. Biy urug’ a’zolariga hadya in’om qilgan, jazolagan. Har bir urug’ va qabilalardan tuzilgan jangovor otryadlarni boshqarish uchun qoraqalpoq harbiy boshliqlaridan tashqari Xiva harbiylaridan yuzboshilar tayinlangan. XIX asr o`rtalarida butun qoraqalpoq urug’larini boshqarish, soliqlar undirish, harbiy xizmatni o`tash majburiyatlariga doir ishlarni yanada tartibga solish maqsadida Beklarbegi tayin etilgan. Ayrim tumanlarni idora qilish uchun Amudaryo va Orol bo`yiga Xiva xoni qarindoshlari va yaqin kishilarini, qozi va ruhoniylarni jo`natib turgan. Ularga qoraqalpoq yoshlarini Xiva madrasalariga jo`natib turish vazifasi yuklatilgan. Qoraqalpoqlarda asosiy soliq turi er solig’i - salg’it hisoblanib, u ovul boshiga hisoblanib olingan. Urush paytlarida qoraqalpoqlar «qozon puli» solig’i 246 to`lagan. Ariq qazuv majburiyati - har bir oiladan bitta erkak 12 kun ishlab bergan. Urush paytida jamoa 2 minggacha navkar berishi lozim bo`lgan yoki navkar bera olmagan jamoa 180-252 ming so`m yig’ib bergan. Qoraqalpoqlarda bir urug’dan qiz berish, undan qiz olish taqiqlangan, boshqa urug’dan qiz olib qochish odat hisoblangan. Har bir urug’ning dafn marosimi o`ziga xos bo`lib, qabristoni ham alohida bo`lgan. To`y yoki dafn marosimida urug’ a’zolari ishtirok etishi shart bo`lgan. Qoraqalpoqlar ko`chmanchilikdan o`troqlikka o`tishgacha bo`lgan uzoq davrda-xalq bo`lib shakllanish jarayonida o`ziga xos qadriyatlar yaratib, turmush tarzi shakllandi. «Qirqqiz» kabi dostonlarda mardlik, Vatanga sadoqat, sof sevgi kabi g’oyalar qoraqalpoq hayotidan o`rin oldi. Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodida kulgi qahramoni bo`lgan Umrbek laqqi obrazi orqali salbiy illatlar hajv qilinib, ezgulik ulug’landi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling