Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Xonliklar va Rossiya munosabatlari keskinlashuvi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xonliklar va Rossiya munosabatlari keskinlashuvi. Rossiya o`z ta’sirini 
mustahkamlash uchun 1847 yil xonliklarga boradigan yo`lda 2 ta istehkom: 1) 
Aralsk shahri (Sirdaryo) yaqinida Raim istehkomi. 2) Ettisuv Olatog’idagi Kopol 
istehkomi qurdirdi. Bu Rossiya - Markaziy Osiyo munosabatlari keskinlashuviga 
sabab bo`ldi. Bu istehkomlar qurilishi Rossiya siyosatida harbiy yo`l bilan O`rta 
Osiyoni ishg’ol etishning burulish ro`y berganligining isboti edi.


231 
Xiva xoni Orenburgga va 1847 yil Peterburgga podsho huzuriga o`z vakilini 
yuborib, do`stona yashashni va Raim istehkomini buzib tashlashni iltimos qilgan. 
Biroq ko`zlangan maqsadga erisha olmadi. Xivaning qurol kuchi bilan istehkomni 
yo`q qilish yo`lidagi urinishlari natija bermadi, chunki rus garnizoni yaxshi 
qurollangan edi.
Qo`qon - Rossiya munosabatlari ham keskinlashib Xudoyorxon Nikolay I 
ga elchi yuborib, Qo`qonda jamoat tartibi tiklanganligini, savdo yo`llari yaxshi 
qo`riqlanayotganligini, rus savdogarlari uchun xavf yo`qligini, ayni paytda Raim 
istehkomi qurilganidan norozi ekanini ma’lum qiladi. Nikolay I javob maktubida 
Qo`qonda tartib o`rnatilganidan mamnunligini bildirib, istehkom Rossiya hududida 
qurilganligi va bu hududda tinchlikni, savdo karvonlari osoyishtaligini 
ta’minlashga xizmat qiladi, deb Raim istehkomi buzulmasligini «asoslagan» edi. 
Rossiya-Qo`qon munosabatlari Qo`qon qal’asi bo`lgan Oqmasjidni Rossiya bosib 
olishi ma’lum bo`lgach yanada keskinlashdi.
Markaziy Osiyo xonliklari Rossiyaga qarshi kurashda Buyuk Britaniyaga 
suyanishi mumkin bo`lgan ehtimol o`zini oqlamadi. Angliya Afg’onistonda 
mag’lubiyatga uchragach Rossiya-Angliya munosabatlarida o`zgarish yuz berib, 
Buyuk Britaniya Rossiya bilan kelishshishga qaror qildi. Kelishuvga ko`ra Rossiya 
Markaziy Osiyo bilan cheklanib, Hindistonga chiqish niyatidan voz kechdi, 
Angliya esa Rossiyaning Markaziy Osiyoda olib borgan siyosatiga qarshilik 
qilmaydigan bo`ldi. Afg’oniston esa Buyuk Britaniya va Rossiyaning Osiyodagi 
mustamlakalari o`rtasida ularni ajratib turuvchi hudud sifatida e’tirof etildi. 
Yakkalanib qolgan Markaziy Osiyo xonliklarini faqat o`zaro ittifoqligi saqlab 
qolishi mumkin edi. Rossiya bosqini xavfi ham xonliklarni birlashtira olmadi, ular 
o`rtasida o`zaro ziddiyat kuchlili edi, natijada xonliklar Rossiya istilosi qurboni 
bo`ldi.


232 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling