Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


O`zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari 
Savdo aloqalari. Rus va Markaziy Osiyo savdogarlari uzoq zamonlarda 
Volgabo`yi orqali savdo qilishgan. XVI asrda yirik davlatlar dunyoni bo`lib ola 
boshlagan davrda Rossiya Qozon, Astraxan, Sibir xonliklarini zabt etgach Rossiya 
va o`zbek xonliklari bir-biriga qo`shni bo`lib qoladi. Bu hodisa Rossiya va o`zbek 
xonliklari munosabatlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratdi. Markaziy 
Osiyoning savdo-hunarmandchilik doiralari Rossiya bilan savdoni rivojlantirdi. 
Chunki Rossiyada ipak, paxtadan to`qilgan matolarga talab katta edi. Rossiyaning 
movut, temir, mis, mo`yna, charm va boshqa mollari Markaziy Osiyoda xaridorgir 
edi.
XVII asrda elchilik munosabatlari. Buxoro xoni Imomqulixonning 
elchisi Odambiy 1619 yil Moskvaga boradi va podsho Mixail Romonov qabulida 


227 
bo`ladi. Mixail Romonov Odambiy bilan birgalikda Buxoroga Ivan Xoxlov 
boshchiligida elchilarni yuboradi. Xoxlovni Imomqulixon qabul qiladi. Rus 
podshosi iltimosiga binoan o`z saroyidagi 23 nafar rus asirlarini ozod qiladi. 
I.Xoxlov Buxoroda 1620-1622 yy. bo`lib, Buxoroning ichki va tashqi siyosati 
haqida ma’lumotlar to`playdi. U qimmatli sovg’alar bilan Moskvaga kuzatiladi. 
XVI-XVII asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossiyadan 12 marta elchilar 
kelishgan. Moskvada 1583-1600 yillarda Buxoro elchilari 5 marta, Xiva elchilari 2 
marta bo`lishgan.
Rossiya imperiyasi tazyiqi kuchayishi. XVIII asrdan Rossiyaning o`zbek 
xonliklari bilan munosabatlarida tazyiq o`tkazish ustunlik qila boshlaydi. 
Rossiyaning savdo aloqalarida kamsitish siyosatining boshlanganligi, tabiiy 
boyliklarga ko`z olaytirish, strategik maqsadlarni ro`yobga chiqarish kayfiyati 
ustun bo`la boshladi. Pyotr I Xiva va Buxoro xonliklari siyosiy jihatdan Rossiyaga 
teng davlatlar emas, deb hisoblab tazyiq o`tkaza boshladi.
Xonliklardagi ichki siyosiy ahvol hamda 1700 yil Xiva xoni Shohniyoz
1709 yil taxt vorisi Muhammad Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so`rashi, 
Pyotr I amalda xonliklarga tazyiq o`tkaza boshlashiga qulay sharoit yaratib bergan 
edi. Pyotr I Xiva xoniga jo`natgan yorlig’ida: “SHohona muruvvat ko`rsatib, 
xonning jamiki narsalari bilan birga, abadiy tobeligimizga olamiz” deb yozilgan 
edi. Pyotr I ning niyati amalga oshmay qolishiga Xivada boshlangan ichki urushlar 
va Rossiyaning «SHimoliy urush» bilan bandligi sabab bo`ldi. 
Amudaryo sohilidagi qumlar oltinga boyligini Xiva elchisi Xoja Nafas 1713 
yil Astraxanga kelganda rus ma’murlariga, Sankt-Peterburgga borgach podsho 
Pyotr I ga aytadi. Pyotr I o`zbek xonliklariga kirib borish rejasini tuzib, 2 ta harbiy 
ekspedisiya: 1) Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy rahbarligida; 2) kapitan Ivan 
Buxgol’s rahbarligida tashkil etadi. Bekovich-Cherkasskiy harbiy ekspedisiyasi 
katta qo`shin bilan 1717 yil Xiva xonligi hududiga etib keladi, harbiy 
to`qnashuvlar bo`ladi, Sherg’ozixon A.Cherkasskiyni qabul qiladi va qirib 
tashlaydi.


228 
Pyotr I uyushtirgan ekspedisiyaning halokati Xiva-Rossiya munosabatlarini 
keskinlashtirib yubordi. Buxgol’s ekspedisiyasi 1715 yil Toboldan Irtish bo`ylab 
Yorkentga yo`l oladi, Yamishchev ko`lida bo`lib, u erda istehkom quradi. Buxgols 
guruhi qalmoqlar hujumiga uchrab, orqaga chekinishga majbur bo`ladi. Buxoro 
xoni Abulfayzxon Pyotr I ni shvedlar ustidan g’alabasi bilan qutlab 1717 yil elchi 
Qulibekni Pyotr I huzuriga yuborgan va Buxoroga elchi yuborishni so`ragan.
Pyotr I bunga javobon 1721 yil F.Beneveni elchi qilib jo`natadi. Unga: 
SHarqqa boradigan suv va quruqlik yo`llarini o`rganish, rus savdosini 
kengaytirish, Buxoroni Rossiya bilan ittifoq tuzishga va rus gvardiyachilarini taklif 
qilishga ko`ndirish, qaerda oltin borligini aniqlab xaritaga tushirish, qal’a va 
qo`shini, ichki va tashqi ahvolni, Buxoroning Eron va Xiva bilan munosabatini 
aniqlash vazifasi yuklatilgan. F.Beneveni Buxoroda to`plagan ma’lumotlarni 
Sankt-Peterburgga ochiq va shifrlangan xat orqali jo`natib turdi, u Buxoroda 3,5 
yil turdi va 1725 yil Peterburgga qaytib keldi.
Qozoqlarning Kichik, O`rta, Katta juz sultonlari o`rtasida XVIII asr birinchi 
choragida o`zaro kurash kuchaydi. Natijada nochor ahvolga tushib, tashqaridan 
yordam so`radi. Kichik juz sultoni Abulxayr Rossiya tobeligiga o`tish istagini 
bildirib 1730 yil elchi jo`natadi. 1732 yil Kichik juz, 1739-1740 yy. Semekexon 
boshchiligidagi O`rta juz, 1747 yil Katta juz Rossiya tobeligiga o`tadi. Qozoq 
juzlarining Rossiya tobeligiga o`tishi natijasida Rossiya uchun Markaziy Osiyoni 
o`z ta’siriga bo`ysundirish yo`lida qulay imkoniyat yuzaga keladi.
Senat kotibi I.Kirillov boshchiligida 1734 yil harbiy guruh tayinlanadi. U 
«Orol dengizida Rossiya bayrog’ini ko`tarish», «Buxoro va Hindistonga» 
boradigan yo`lni ochishi, oltin konlarini izlashni davom ettirishi lozim edi. Kirillov 
guruhi 1735 yil Or daryosi bo`yida Or qal’asini (keyinchalik Orenburg shahri 
vujudga keladi), Yoyiq va Irtish sohili (Sibir)da istehkomlar qurdi.
Rossiya savdo-iqtisodiy aloqalarida Markaziy Osiyo xonliklarining 
ahamiyati XVIII asr ikkinchi yarmidan yanada ortishiga: 1) Rossiyada 
rivojlanayotgan sanoat uchun xomashyo manbalari topishga intilish. 2) Osiyoda, 
xususan Hindistonda Angliya ta’sirining kuchayishi sabab bo`lgan. 


229 
XVIII asr oxiri XIX asr boshida rus sarmoyasi Markaziy Osiyo bozorida 
etakchi o`rinni egalladi. Ingliz mollari Rossiya orqali olib kelinar edi. Nijegorod 
yarmarkasida Rus savdogarlaridan tashqari o`zbek xonliklari, Eron va 
Hindistondan kelgan savdogarlar ham qatnashgan. XIX asr boshlarida Rossiya 
o`zbek savdogarlari uchun katta imkoniyat yaratdi: ba’zi cheklashlar bekor qilindi, 
Rossiyaning ichki shaharlarida ham savdo qiladigan bo`lishdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling