224
X-bob. O`zbek xoliklarining xalqaro munosabatlari.
1-§. XVI – XVIII asrlarda xalqaro munosabatlar
Xuroson - raqobat maydoni. XVI asrda Osiyoda uchta siyosiy kuch:
Movarounnahrda shayboniylar,
Eronda safaviylar, Hindistonda boburiylar kurash
maydoniga chiqqan edi. Bu uch sulola manfatlari Xurosonda to`qnashdi. Xuroson
harbiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy jihatdan muhim o`rin
tutar edi, chunki Xuroson -
Movarounnahr, Eron va Hindiston yo`nalishida o`ziga xos darvoza vazifasini ham
o`tar edi.
Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar va safaviylar o`rtasida
keskin kurash ketgan. Xuroson
masalasida Shayboniyxon, Ubaydullaxon,
Abdullaxon
davrida shayboniylar ustunlik qilgan. Keyinchalik
safaviylar qo`li
baland kelib, Xurosonni Movarounnahrdan ajratib tashlashga muvaffaq bo`lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: