203
boshchiligida
Qoraqalpoq xonligiga birlashtirilgan.
Bu davlat Sirdaryo quyi
oqimi, Volga bo`yi jung’orlari, Boshqird ulusi va Kichik juz qozoq xonliklari bilan
chegaradosh bo`lgan.
Jung’orlar 1723 yil bostirib kelib Sirdaryoning o`rta qismini egallagach,
qoraqalpoqlar 2 guruhga bo`linib ko`chishga majbur bo`ldi: 1) Sirdaryo yuqori
oqimi - Toshkent tomonga; 2) Sirdaryo quyi oqimiga borib joylashdi. Ular shartli
ravishda «yuqori qoraqalpoqlar», «quyi qoraqalpoqlar»ga bo`linib ketdi. Quyi
qoraqalpoqlar Sirdaryo va Amudaryo orasidagi bo`sh
yotgan erlarga ham
o`rnashib, Quvondaryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug’ullandilar.
Qoraqalpoqlar Rossiya bilan munosabat o`rnatib, yaqinlashishga: 1)
Rossiya bilan savdoni yo`lga qo`yishdan manfaatdorlik. 2) jung’orlarning
hujumidan himoyalanish zarurati sabab bo`lgan. Qozoq xoni
Abulxayrxon
Peterburgga 1726 yil jo`natgan elchilari tarkibida qoraqalpoqlar ham bor edi.
Rossiya ham bunga javoban Abulxayrxon huziriga 1731 yil o`z
elchisi
M.Tevkelevni jo`natadi. Muzokaralar natijasida Kichik juz va Quyi qoraqalpoqlar
Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi. Qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik juz
xonligiga yasoq to`lashi tan olindi. Rossiya fuqaroligiga qabul qilinishi ularni
Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: