Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

SHaharlar. Qoraqalpoqlar Qo`ng’irot, Chimboy, Xo`jayli kabi yirik 
shaharlarni bunyod etganlar. Qo`ng’irot va Chimboy ma’muriy markazlari bo`lgan. 
Bu shaharlar XVII asr oxiri - XVIII asr boshida barpo etilgan. Orol va Xiva 
orasidagi savdo markazi Xo`jayli shahari bo`lib, bojxona shu erda joylashgan va 
Xivaga qarshi kurashda tayanch shahar bo`lgan.
Qal’a 
shaklida 
qurilgan 
Janaqal’a, 
Oydo`sqal’a, 
Ernazarqal’a, 
Ko`ko`zakqal’a, Eshon qal’a shaharlari me’morchilik yodgorliklari hisoblanadi. 


207 
XIX asr boshida shaharlarda 318 ta maktab bo`lgan, madrasalar Qoraqum eshon, 
Qalila oxun, Egambergan oxun, Oyimbet eshon mavzelarida va Eshon qal’ada 
bo`lgan. Qoraqalpoq yoshlari Buxoro, Xiva madrasalarida o`qigan. Hunarmandlar 
12-13 yoshli bolalarni shogirdlikka qabul qilgan.
Fol’klor. Qoraqalpoq fol’klor namunalarining 20 jildligi nashr etilgan. 
O`zbeklarning Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi O`mirbek laqqi bo`lgan. 
Qoraqalpoqlarning boy tarixi «Qirqqiz», «Alpomis», «Qublon», «Mastposhsho», 
«Edigey» kabi qahramonlik dostonlarida kuylanadi. «Edigey» dostonida Temur va 
To`xtamish faoliyati bayon etiladi.
Xalq qo`shiqlarida el-yurt yo`lboshchilari, qahramonlari - Maman botir, 
Esangeldi mahram, Oydo`stbiy, Ernazarbiylar ulug’lanadi. Qoraqalpoqlar fol’klor 
(xalq og’zaki ijodi)ga boy xalq, ularning “Darbadar el”, «Qirqqiz», «Qublon», 
«Edigey» dostonlari mashhur. Qozoq olimi Cho`qon Valixonov «Qoraqalpoqlar 
sahrodagi ham birinchi shoir, ham qo`shiqchilardir» - deb aytgan. 
«Qirqqiz» qaroqalpoq xalq qahramonligi eposi bo`lib, qoraqalpoq 
adabiyotida alohida o`rin tutadi. Unda XVII-XVIII asrlardagi tarixiy voqealarni 
badiiy aks ettirgan. Bu doston erksevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari 
bilan sug’orilgan. «Qirqqiz» dostonida qoraqalpoqlarning ozodlik kurashi va 
Xorazm xalqining Nodirshohga qarshi kurashi o`z ifodasini topgan. Dostonda 
Guloyim sevgilisi Arslon, o`zining 40 ta dugonasi va safdoshi Oltinoy, O`tbosgan, 
Sarvinozlar bilan birga yurtni jung’or xoni Surtoyshi va Eron shohi Nodirshohdan 
ozod qiladi. Guloyim Xorazmni ozod qilib qoraqalpoq, turkman, o`zbek va 
qozoqlarni birlashtirgan davlat tuzadi.
Tasviriy san’atdagi o`ziga xoslik qoraqalpoqlar to`qigan gilam va kashta 
buyumlarda o`z ifodasini topgan. Ulardagi naqshli bezaklar suv ramzini aks 
ettiruvchi to`lqin ko`rinishiga ega bo`lgan, chunki qoraqalpoqlar qadimdan daryo 
va ko`l bo`ylarida yashab kelgan. Tasviriy sana’tidagi yana bir o`ziga xoslik 
qadama naqshli yog’och o`ymakorligida namoyon bo`ladi. 
Musiqa. Qoraqalpoq qo`shiqchiligi: xalq, tarixiy va marosim qo`shiqlariga 
bo`lingan, ular qo`biz, dutor, g’ijjak, surnay, nog’ora kabi cholg’ular yordamida 


208 
ijro etilgan. Doston ijrochilari 3 guruhga bo`lingan, ular: jirovlar, baxshilar va 
qissaxonlar deb atalgan. Jirovlar qahramonlik dostonlarini qo`biz jo`rligida, 
baxshilar dutor va g’ijjak jo`rligida, qissaxonlar doston qo`lyozmalarini mahorat 
bilan o`qib yoki yoddan aytib berganlar. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling