Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiyatlar akti
Muhammad
Rahimxon I vafot etdi. Taxtga o`tirgan o`g’li Olloqulixon Xiva-Rossiya munosabatlaridagi keskinlikni yumshatishga urindi. Eron-Rossiya (1826-1829) va Rossiya-Turkiya (1828-1829) urushlari Rossiyani Xiva bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirishdan o`zini tiyishga majbur etdi. Bu orada Markaziy Osiyo xonliklarga Buyuk Britaniya razvedkasi suqilib kira boshladi, shunday sharoitda Buyuk Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini 194 to`ldirish xavfi ham vujudga keldi. Eron bilan urush oqibatida Rossiya-Eron savdo ishlarining yomanlashgani sababli Markaziy Osiyo xonliklari bilan savdoni har qachongidan ko`ra rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. Rossiya Xivaga nisbatan o`z talablari ko`lamini tobora kengaytirib bordi. Keyinchalik Xivadan Amudaryoda Rossiya savdo kemalarining suzishiga ruxsat berishini talab qila boshladi. Rossiya Xiva bilan munosabatlarni harbiy kuch orqali tartibga solish yo`lini tanladi, shu maqsadda 1839 yil V.Perovskiy harbiy ekspedisiyasi tashkil etildi. Perovskiy ixtiyorida 4 ming piyoda askar, 12 ta to`p va yuk ortilgan 10 ming tuya bor edi. Ustyurtning qattiq sovug’i, oziq-ovqat va em- xashak etishmagani uchun ekspedisiya talofat ko`rdi va Perovskiy orqaga qaytishga majbur bo`ldi. Lekin ekspedisiya izsiz ketmadi. Perovskiy ekspedisiyasi Xiva xonini Peterburg bilan kelishuv yo`lini axtarishga majbur etdi. «Majburiyatlar akti». Rossiya zo`r berib Xiva xonligiga o`z hukmini majburan o`tkazishga kirishdi. Bu maqsadga erishish uchun G.Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi. Muzokara davom etayotgan kunlari Olloqulixon vafot etib, taxtni o`g’li Rahimqulixon (1842-1845) egalladi. Rossiya bosimi ostida 1842 yil 27 dekabrda Xiva-Rossiya o`rtasida «Majburiyatlar akti» deyilgan shartnoma imzolandi. Shartnomada Rossiya bilan tinchlik, do`stlik munosabatida bo`lishi e’lon qilindi. Xiva xoniga: Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlari sodir etmaslik; savdo karvonlarining talanishiga yo`l qo`ymaslik; Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlash kabi majburiyatlar yuklandi. Aslida bu Rossiyaning o`z istaklarini majburan bajartirishdan boshqa narsa emas edi. Shuningdek ikki davlat o`rtasidagi savdo aloqalariga ham katta e’tibor berildi: boj to`lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5% miqdoridan oshmasligi belgilab qo`yildi. Biroq Rossiya shartnomaning anna shu bandini ham amalda bajarmagan. Oqibatda o`zaro munosabatlar keskinlashib borgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling