190
hokimiyatga kela boshladi. Qo`ng’irot qabilasi yo`lboshchisi
Muhammad Amin
yirik zodagonlar va ruhoniylar madadiga tayanib 1761 yil
inoqlik lavozimiga
ko`tarildi.
Muhammad Amin turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalariga qarshi
kurash olib borgan, biroq u dastlab engilib Buxoroga
Doniyolbiy otaliq yoniga
ketadi. Turkman qabilalari Xorazmni egallab, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat,
Shohobod shaharlarini xonavayron qiladi. Ocharchilik va vabo tarqalib, o`zbeklar
Orolbo`ylari va Buxoroga ketishga majbur bo`ladi.
Muhammad Amin inoq 1770 yil Buxorodan
qaytib kelib yovmutlarni
Xorazmdan haydab chiqardi. U mahalliy beklarni ham bo`ysundirdi va
hokimiyatni qo`lga oldi.
1770 yil
Qo`ng’irotlar sulolasi hukmronligi o`rnatildi.
Bu sulola chingiziylar avlodiga mansub bo`lmaganligi sababli taxtda avvalgi sulola
vakillarini saqlab keldi. Ular aslida soxta xonlar bo`lib, amalda hokimiyatga ega
bo`lmagan.
Muhammad Amin (1770-1790) o`z
qabilasining faol qatlamiga,
savdogarlar va ruhoniylar madadiga tayanib hamda turkman qabilalarining o`zaro
nizolaridan foydalanib nisbatan siyosiy osoyishtalik va iqtisodning ko`tarilishini
ta’minladi. Boshqa yurtga qochib ketganlar qaytib kela boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: