Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Xiva xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xiva xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti 
Shaharlar. Xiva xonligida Xiva, Ko`hna Urganch, YAngi Urganch, Vazir 
kabi o`nlab shaharlar bo`lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo`lib, u “Ming 
gumbaz shahri” nomi bilan mashhurdir. XIX asr birinchi yarmida Xiva shahrida 2 
ta xon saroyi, 17 ta masjid va 22 ta madrasa bo`lgan. 1997 yil uning 2500 yilligi 
nishonlandi, bu haqda YUNESKO 1995 yil qaror qabul qilgan edi. Xiva shahri 
mil. av. V asrda bunyod etilganidan buyon mashhurligi Sharq bilan G’arbni 
bog’lovchi savdo yo`li o`tganligi bilan izohlanadi. Xiva shahri XVII asr birinchi 
choragi (boshlari)dan - 1920 yil fevralgacha Xiva xonligining poytaxti bo`lgan. 
Yangi Urganch deb atalgan hozirgi Urganch shahriga 1646 yil 
Abulg’oziyxon asos soldi. Bu shahar Buyuk ipak yo`lida joylashgani uchun tez 
rivojlanib, savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Bunga Amudaryo 
o`zani o`zgarib Orolga oqishi oqibatida Gurganj (Ko`hna Urganch)ning suvsiz 
qolganligi sabab bo`lgan. Shundan keyin qadimgi Gurganchning nomi Ko`hna 
Urganch bo`lib qoldi. Abulg’oziyxon Yangi Urganchga asos solgach, Vazir shahri 
aholisini ham shu erga ko`chirgan va bu shahar o`z ahamiyatini butunlay 
yo`qotgan. 
Hunarmandchilikning 27 sohasi borligi Xiva xonligi tarixiy manbalarida 
qayd etilgan, amalda bundan ham ko`p bo`lgan. Hunarmandlar o`z uyushmalariga 
ega bo`lib, uyushmalar hunarmandlar faoliyatini tartibga solib, ularning manfaatini 
himoya qilgan. Uyushma boshlig’i xonning xazina siyosatini o`tkazuvchi shaxs 
hisoblanardi. Xiva ustalarining juda oz qismi xususiy ustaxona - do`koniga ega edi. 
Hunarmand o`z uyida ham do`kon ochishi mumkin edi. Ko`pchilik hunarmandlar 


188 
xonga va badavlat kishilarga tegishli do`konlarni ijaraga olgan. Ayrim 
hunarmandlar buyurtma asosida ham ishlagan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling