Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Buxoro-Xiva munosabatlari. Abulg’ozi 1663 yil hokimiyatni o`g’li 
Anushaxonga topshirdi. Anushaxon davrda Buxoro-Xiva munosabatlari yanada 
keskinlashdi. Anushaxon qo`shini bir necha marta Buxoro xonligiga yurishlar qilib 
Samarqandni egalladi, biroq 1685 yil G’ijduvon yaqinidagi jangda Xiva qo`shinlari 
tor-mor etildi. Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaxonga qarshi Xivada fitna 
uyushtirdi, Anushaxon 1686 yil taxtdan tushiriladi. Subhonqulixon Xivada o`z 
tarafdorlaridan fitnachi guruh uyushtiradi. Buning oqibatida Xiva xonligining 
siyosiy hayoti yanada murakkablashdi. Xonlik ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar 
girdobida qoldi. Qishloqlar va ekinlar xarobaga aylandi.
Sherg’ozixon (1714-1728) davrida Buxoro xoni Abulfayzxon Xiva xoniga 
qarshi orolliklarni qarshi gij-gijlay boshladi. Natijada Orolbo`yi Xivadan ajralib 
chiqdi. Xiva xonligida boshlangan kurash goh u tomon, goh bu tomonning 
ustunligi bilan to Sherg’ozixon vafot etguniga qadar davom etdi. Qabilalar o`zaro 
kelishmagach, taxtga Qozoq xonligidan chingiziy sultonlarni o`tqazish boshlandi. 
1728 yil taxtga o`tqazilgan Elbarsxon (1728-1740) ularning birinchisi bo`ldi.
Siyosiy beqarorlikdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh 1740 yil Xivani 
bosib oldi. Nodirshoh Xivaga o`z odamini hokim etib tayinlab, Eronga qaytadi. 
Xivada Eron boshqaruv tizimi o`rnatilib, aholiga «moli omon» solig’i solinadi. 
Biroq ichki nizolar to`xtamagan. Taxt uchun qabilararo kurash boshlandi, taxtga 
atayin chingiziy xonlarni o`tqazish davom etdi, bu hodisa “xonlar o`yini” deyildi. 
Xonlar amalda inoqlar qo`lida itoatkor bo`lib qoldi. Xivada o`zaro ichki 


187 
kurashlarda ma’lum muddat turkman yovmutlari ustun kelib turdi. Ichki 
boshboshdoqlik Qo`ng’irot qabilasi hokimiyatga kelgunga qadar davom etdi.
Inoq (turkiycha-ishonch) - Markaziy Osiyoda XI-XVIII asrlarda hukm 
surgan sulolalar saltanatida «maslahatchi», “amaldor”, «vazir» ma’nosini 
anglatgan. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling