Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qishloq xo`jaligining ikki asosiy sohasi dehqonchilik va u bilan bog’liq 
bo`lgan chorvachilik edi. Xonlik aholisi asosan qishloq xo`jaligi bilan 
shug’ullangan. Dehqonchilikda g’alla, paxta va poliz mahsulotlarni etishtirish 
etakchi o`rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig’ida g’alla etishtirilgan. 
G’allachilikda kuzgi bug’doy ekish etakchi o`rin egallagan. Dehqonlarning don 
ekinlaridan mo`l hosil olishlariga chet elliklar ham tan berib, «men Germaniyaning 
o`zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko`rmaganman» 
degan.
Don ekinlari ichida bug’doydan keyin ikkinchi o`rinda jo`xori ekish turgan. 
Suv ko`p hududlarda asosan sholi etishtirilgan. Ekinzorlarning 1/5 qismiga paxta 
ekilgan. Xiva iqtisodiyotida pillachilik ham muayyan ahamiyatga ega bo`lgan.
Poliz mahsulotlari ichida Xorazm qovunining dong’i keng yoyilgan. Xivada 
bog’dorchilik ham dehqonchilikning rivojlangan sohalaridan biri bo`lgan.
Ichki va tashqi savdodan davlat xazinasiga durustgina daramod tushgan. 
Xivaning usti yopiq bozori ichki savdoda alohida ahamiyatga ega bo`lgan. Bozor 
yo`lining ikki tarafida ustaxona-do`konlar qurilgan. Bozordagi savdo o`rinlaridan 
foydalanganlik uchun tagjoy deb ataluvchi alohida soliq olingan.
Xiva xonligidan qorako`l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, 
Hindiston, Xitoy va Turkiyaga eksport qilingan. Xiva XVI asr oxiridan boshlab 
Rossiya bilan savdo-sotiqni yo`lga qo`ya boshladi. Xiva elchilari Rossiyaga 
gazlama va to`qilgan buyumlar olib borishgan. Xiva elchisi 1620 yil Qozon 
shahrida 670 kiyimlik mato sotganligi manbalarda qayd etilgan. Rossiyaga gilam, 
qoqi meva, qorako`l teri, o`simlikdan tayyorlangan bo`yoq olib borilgan. Xiva 
savdogarlari Rossiyaning Nijniy Novgorod yarmarkasida faol qatnasha 
boshlaganlar.
Ilm-fan taraqqiyotida XVI - XVIII asr birinchi yarmida Xiva xonligida tarix 
ilmi o`ziga xos o`rinda turadi. Abulg’oziyxon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos 
soldi. Abulg’oziyxon fan va madaniyat tarixida 2 asari: «Shajarai turk» va 


189 
«Shajarai tarokima» bilan o`chmas nom qoldirdi. «Shajarai turk» asarining 9-bobi 
Xorazmning 1512-1663 yy. ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan, unda aniq 
tarixiy voqealardan tashqari, turkiy xalqlar an’analari, Xiva-Buxoro munosabatlari, 
pul muomalasi haqida ma’lumotlar berilgan.
Abulg’oziyxonning yana bir katta xizmati u asarlarini oddiy kitobxon uchun 
turkiy tilda yozgan. Olimlar uning asarlarini yangi o`zbek tili yozma yodgorligi 
deb hisoblashadi. Vengriyalik sharqshunos A.Vamberi «Abulg’ozining «Shajarai 
turk»i uchun butun dunyo undan minnatdor» deb yozgan edi. Abulg’ozixonning 
topshirig’i bilan «Dasturul amal» asari yozilgan, biroq muallifi nomalum. 
«Dasturul amal» asarida Amir Temurdan tortib Boburga qadar temuriylar shajarasi 
qisqacha sharhlangan. Har bir hukmdorga bir bo`lim bag’ishlangan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling