Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hayot Maktab va madrasa ta’limi
Xalq noroziliklari. Ashtarxoniylar davrida daromad alohida shaxslar
qo`lida to`planishi natijasida xon xazinasi kambag’allashib, xalq ahvoli og’irlashib bordi. Davlat xazinasini boyitishning yagona vositasi soliq edi. SHu boisdan soliqlar turi va miqdori ko`paytirilgan. Asosiy soliq to`lovchilar - dehqonlar, 166 chorvadorlar, hunarmandlar, savdogarlar bo`lib, ulardan xiroj, zakot, boj undirilgan. Aholi kanallar qazish, ariqlarni tozalash va qurilish ishlariga majburan jalb etilgan. Urush yillarida soliq miqdori haddan tashqari oshirilardi. Subhonqulixon davrida raiyatdan 7 yillik soliqlarni birdaniga yig’ib olingan. Ubaydullaxon soliqlar miqdorini 4 baravarga ko`paytirgan. Ubaydullaxon 1708 yil pul islohati o`tkazib, tarkibining 35 %ini kumush tashkil etuvchi tangalar o`rniga, tarkibida 9 % kumush bo`lgan tangalarni zarb ettiradi va uning qimmatini oldingi tangalarga teng deb belgilaydi, pulning qadri 4 baravar kamayadi. Pulning qadri kamayib, norozilikning kuchayishi natijasida do`kondor va hunarmandlar o`z mahsulotlarini sotmay qo`yganlar. Bunga chiday olmagan xalq 1708 yil Buxoroda, keyinchalik Samarqand, Balx, Karmana, Miyonqol, Shahrisabz va boshqa joylarda qo`zg’olon ko`taradi. Bu qo`zg’olonlar tartibsiz, tarqoq holda bo`lganligi uchun bostiriladi. Shuningdek bu qo`zg’olonlar Buxoro xonligini yanada zaiflashtirgan. Ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hayot Maktab va madrasa ta’limi. Ashtarxoniylar davrida avj olgan ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar, siyosiy parokandalik ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hayotga salbiy ta’sir etdi. Biroq maorif, ilm-fan, madaniyat rivojini to`xtatib qo`ya olmagan. XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko`plab maktablar bo`lib (boshlang’ich ta’lim), ularda o`g’il va qizlar alohida-alohida maktablarda o`qitilgan. O`g’il bolalar maktablari madrasa va masjidlarda, ustaxonalar qoshida, xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan. O`g’il bolalar maktablarida masjid imomi yoki madrasani tugatgan ziyoli kishilar o`qituvchilik qilgan, ularni domla deyishgan. Bolalar maktabga 6-7 yoshdan berilgan va ularga 5-8 yil davomida boshlang’ich ta’lim berilgan. O`quvchilarga avval harflar, keyin bo`g’inlar, ularni qo`shib so`z tuzish, «Haftiyak» (Qur’onning 1/7 qismi) kitobini o`qish o`rgatilgan. 167 Hisob darsida sonlar, ularni qo`shish, ayirish, ko`paytirish, bo`lish amallari o`rgatilgan. O`quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz Sheroziy, So`fi Olloyor asarlarini va «Chor kitob»ni o`qib saboq olganlar. Qizlar maktablari badavlat kishilar yoki o`qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan, qizlarni otinoyi, otinbibi, bibixalifa, bibiotin deb atalgan ayol o`qituvchilar o`qitishgan. Qizlar maktablarida uy-ro`zg’or tutish, pazandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o`rganishga ko`proq o`rin berilgan. Bolalar o`qishni to`liq o`zlashtirib olganlaridan keyin yozishga o`tganlar. Maktablarni bitirayotganda imtihonlar bo`lmagan, maktabni bitirgani to`g’risida hujjat ham berilmagan. O`quvchilarning ravon o`qishi, to`g’ri yoza olishi, hisob- kitobni bilishi maktabni bitirganligiga guvoh bo`lgan. Madrasa - o`rta va oliy o`quv yurti hisoblanib, ularga maktablarni tugatganlar qabul qilinib, madrasa ta’limi 7-12 yil davom etgan. Buxoro xonligi hududida XVII asrda 150 dan ortiq madrasa bo`lgan. Madrasada arab, fors tilidagi kitoblar o`qitilgan, ularni mudarris turkiy tilda sharhlab bergan. O`qish fors tilidagi «Avvali ilm» o`quv qo`llanmasini o`zlashtirishdan boshlangan, keyin arab tili grammatikasi o`qitilgan, fiqh (huquq) kursi majburiy hisoblangan. Ilm-fan ravnaqiga diniy mutaassiblik, xalqdan diniy aqidalarga so`zsiz itoat etish talabi salbiy ta’sir etdi, biroq ilm to`xtab qolmadi. Mahmud ibn Vali 1636 yil «Bahrul-asror» (Sirlar dengizi) asarini yozgan, unda Samarqand va Buxorolik 20 nafar olim haqida ma’lumot berilgan. XVII asrda Mir Arab madrasasi mudarrisi Muhammad Sharif Buxoriy (1609-1697) falsafa, tasavvuf, tarix, fiqh, tilshunoslik, astranomiya sohasida 20 dan ortiq asarlar yozgan. Uning «Xoqonga foydali maslahatlar» kitobida shariat qonun-qoidalari, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid hamda hukmdorlarga oid ma’lumotlar o`z ifodasini topgan. Subhonqulixon davrida tibbiyot ilmi rivojlanib, uning tashabbusi bilan Buxoroda «Dor ush-shifo» (shifoxona) qurilib, bemorlar davolangan, tibbiyotga ixtisoslashgan madrasa qurilib, shifokorlar tayyorlangan. Uning tibbiyotga oid kitoblar jamlangan nodir kutubxonasi bo`lgan. Subhonqulixon «Subhoniy tibbiyoti 168 bo`yicha davolash» va astronomiyaga oid «Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarining mohiyati» nomli kitoblar yozgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling