Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro-Xiva munosabatlari
Siyosiy tarqoqlik Imomqulixondan keyin Nodir Muhammad (1642-1645)
davrida yana kuchaydi. Nodir Muhammad asosiy viloyatlarni mulk qilib 12 ta o`g’li, 2 ta jiyani va nabirasiga taqsimlab berdi, bu hodisa davlatchilik asoslarini zaiflashtirdi. Movarounnahrga qozoqlar 1645 yil yana hujum qilib Xo`jandgacha etib keldilar. Qozoqlarni quvib chiqarish uchun Nodir Muhammad o`g’li Abdulazizni safarbar etadi. Qozoqlarga yurish davrida xondan norozi bo`lgan bir guruh amirlar Abdulazizni xon deb e’lon qiladilar. Nodir Muhammad Balxga qochib ketadi va taxtni qaytarib olish uchun Hindiston podshosi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so`raydi. Shoh Jahon Balx viloyatini o`ziga bo`ysundirish maqsadida o`g’illari Murodbaxsh va Avrangzebni yuboradi. Nodir Muhammad Shoh Jahonning o`g’illariga qarshi chiqadi, chunki ular yordamga emas, Balxni egallash uchun kelayotganini Nodir Muhammad bilib qoladi. Nodir Muhammad Maymana yo`lida bo`lgan jangda engilib, Eronga qochadi va shoh Abbos huzurida panoh topadi. Shoh Jahonning o`g’illari 1647 yil Balxni egallaydi. Nodir Muhammad shoh Abbos yordamida Balxni qayta egallagach, tashvishga tushgan Abdulazizxon Balxga ukasi Subhonqulini yubordi. Subhonquli 160 1651 yil Balxni egallagach hokim etib tayinlanadi. Nodir Muhammad Makkaga hajga borayotib yo`lda vafot etadi. Buxoro-Xiva munosabatlari. Buxoroga Xivaning talonchilik yurishlari Abdulazizxon (1645-1681) davrida kuchaydi. Xiva xoni Abulg’ozixon 1655 yil Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj qiladi. Qorako`l aholisining bir qismini asir olib, Karmanani vayron qiladi. 1658 yil Vardonzeni talab, 1662 yil Buxoro shahrigacha etib boradi. Urushlar va ichki ziddiyatlar Buxoroning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy ahvolini izdan chiqargach keksayib qolgan Abdulazizxon 1681 yil taxtdan voz kechadi. Taxtga o`tirgan ukasi Subhonqulixon (1681-1702) davrida ham ahvol o`nglanmadi. Chunki u: 1) Balx viloyatlarida hokimlik qilayotgan o`g’illariga 2) Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga 3) Xiva xoni Anushaxon qo`shinlariga qarshi kurashdi. Xiva qo`shinlari Buxoro, Karmana va Vardonzeni egalladi, hatto Samarqandni ham ishg’ol qildi. Samarqandda Anushaxon nomiga xutba o`qitilib, uning nomidan tanga pullar zarb etiladi. Subxonqulixon qatag’on urug’idan bo`lgan Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva qo`shinlarini Samarqanddan quvib chiqardi. Subhonqulixon Xiva hujumiga chek qo`yish uchun fitna tayyorlaydi va Xiva xoni Anushaxon taxtdan tushiriladi. Suhonqulixon Xivadagi tarafdorlaridan foydalanib 1688 yil Xiva xonligini Buxoro xonligi tasarrufiga oladi. Urushlar, ichki nizolar iqtisodiyotni tanazzulga tushiradi. I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” (2008) asarida: “XVII asrdan XX asr boshigacha Turkiston siyosiy parokandalik va qoloqlikka yuz tutdi... YUrt hukmdorlari jaholatga berilib ketishi oqibatida mintaqada taraqqiyot orqada qolib ketdi” – degan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling