Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot
Ta’lim islohatlari. Shayboniylar temuriylar davrida yaratilgan yuksak madaniyatga munosb voris bo`la olmaganlar. SHunday bo`lsada SHayboniylar davrida fan va madaniyat baholi qudrat rivoj topishiga ushbu sulola hukmdorlari orasidan etuk ilm-fan arboblari etishib chiqqanligi ham ta’sir ko`rsatgan. Chunonchi Shayboniyxon, Ko`chkunchixon va Ubaydullaxon nihoyatda o`qimishli kishilar bo`lishgan. Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida ajoyib kitob xazinalari bo`lgan. Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II ilm-fan, ma’rifat homiylari edi. Shayboniyxon temuriylardan so`ng Samarqand va Buxoroni fan, madaniyat va san’at markazlari sifatida rivojlantirishga harakat qildi. Ta’lim sohasida ham Shayboniylar islohat o`tkazishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo`ldi. Islohatga ko`ra ko`p bosqichli o`qitish tizimi joriy etildi: har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi, 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo`ldi, maktabda 2 yil o`qigach, madrasaga o`tkazilardi. XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko`kaldosh madrasalari qurildi va faoliyat yuritdi. Madrasada 3 bosqichli ta’lim joriy etildi: har bir bosqichda 7 yildan, 21 yil davom etardi. O`quvchilar: ilohiyat, hisob, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’riyat san’atidan ilm olardilar. Ta’lim olishga hammaning ham imkoni bo`lmas edi. Ilm-fanning shayboniylar davrida ma’lum darajada rivojlangan sohalari: tibbiyot, matematika va astronomiya edi, ayniqsa tarix va tibbiyot boshqa sohalarga qaraganda ildamroq rivojlandi. Tibbiyot sohasida Muhammad Mazid “tabiblar iftixori” deb sharaflangan, jarroh mavlono Baqo, ko`z kasalliklarini davolashda SHohali ibn Sulaymon, “Davolash bo`yicha dastur” asari muallifi Sultonali Samarqandiy, “Ko`z kasalligiga doir asosiy kitob” degan asar yozgan Ubaydulloh Qahhol mashhur bo`lgan. Matematika ilmiga Muhammad Amin, Bobokalon Samarqandiy, mavlono Kavkabiy; Astronomiya ilmiga Muhammad 156 Husayni Buxoriy “Qibla tomonni topish ma’rifati”, Ahmad Fariziy “Oy fazolarining tengligi haqida risola” kabi asari bilan hissa qo`shdi. Tarix fani sohasida Shayboniylar davrida yirik tarixiy asarlar yaratilgan: Kamoliddin Binoiy “Shayboniynoma”, Muhammad Solih “Shayboniynoma”, Muhammad Haydar «Tarixi Rashidiy», Fazlulloh ibn Ro`zbexon “Mehmonnamayi Buxoro”, Hofiz Tanish Buxoriy «Abdullanoma», “Sharhnomayi shohiy”, Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy «Tarixi jadidayi Toshkand» asarini yozgan. Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma” asari Dashti Qipchoq va Movarounnahrning XV asr o`rtalaridan XVI asr boshlarigacha bo`lgan voqealarni o`z ichiga oladi. Shuningdek, shayboniylar bilan Eron safaviylari o`rtasidagi munosabatlar haqida ma’lumot beradi. M.Solihning “Shayboniynoma” asari o`zbek tilida yozilgan bo`lib, Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag’ishlangan. Hofiz Tanish Buxoriy «Abdullanoma» asarini Chingizxonning Movarounnahr, Chingiziylar hukmronligining o`rnatilishi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlatining tashkil etilishi, Shayboniyxonning harbiy yurishlari, uning o`limidan so`ng Movarounnahrdagi ahvol, Abdullaxon II ning mamlakatni birlashtirish yo`lidagi kurashi tarixiga bag’ishlangan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling