150
Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyatini sug’orish uchun 10
dan ortiq
kanallar qazdirgan.
Sug’orish ishlari ayniqsa Abdullaxon II davrida keng rivojlangan bo`lib,
1556-1585 yillarda Zarafshon daryosida Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor,
Jondor suv ayirg’ichlari; Murg’ob
vohasida Sangzor, Hovuzixon suv ombarlari;
Jizzax vohasida Sangzor daryosidan Tuyatortar kanali; Somonjuq dashtida Xo`ja
Ka’ab,
Afshona kanallari; Amudaryodan Chorjo`yga; Murg’obdan Marvga;
Vaxshdan uning atroflariga kanallar qazilgan. Abdullaxon Nurota tumanidagi
Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to`g’on qoldiqlari o`rnida
ulkan band qurdirdi. Abdullaxon bandi uning ravoqlarini to`g’on tepasida turib
ochishi yoki bekitishi mumkin edi.
Abdullaxon II karvon yo`llarini
jonlantirish, sardobalar, karvonsaroylar
qurish va ta’mirlashga ahamiyat berdi. Yirik usti berk savdo rastasi 1577 yil
Buxoroda qurildi, u Abdullaxon timi deyiladi. Shayboniylar
davrida tikuvchilik,
kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik,
zargarlik, qog’oz va qurilish ashyolari ishlab
chiqarish rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: