Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Shayboniylar hukmronligi tugashi. Abdullaxon II mamlakatni birlashtirish
yo`lida shayboniy sultonlarning markaziy hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi shafqatsiz kurashdi, hatto qarindoshlariga ham shafqat qilmadi. Abdullaxon II yirik markazlashgan davlat barpo etgan bo`lsada, davlatdagi ichki nizolarga to`la barham bera olmadi. 148 1598 yil Abdullaxon II vafot etgach, taxtga o`tirgan o`g’li Abdulmo`minni o`sha yili fitnachilar o`ldirdi. Undan qolgan 2 yashar o`g’lining xonlik huquqini hech kim tan olmadi. Taxt uchun kurash boshlanib Buxoroning bir guruh amaldorlari Ibodulla Sultonning o`g’li Abdulaminni taxtga o`tqazishga urindi. Shayboniylarning boshqa guruhi Abdullaxon II ning amakivachchasi - Balx hokimi Pirmuhammadni taxtga o`tqazdi. Buxorodagi ichki nizolar tufayli og’ir vaziyatdan foydalanib: 1) Eron shohi Abbos bostirib kirdi, u Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egallaydi. 2) Xorazm Buxorodan chiqib mustaqilligini tikladi. 3) Qozoq xoni Tavakkal Axsi, Andijon, Toshkent, Samarqandni egallab, Buxoroga yurish qildi. Pirmuhammadxon 1599 yil Tavakkalni tor-mor qildi va Movarounnahrni ozod qildi. Qozoqlar qo`shini Dashti Qipchoqqa chekindi. Pirmuhammad Buxoro xonligini yana 2 yilcha idora qildi. Pirmuhammad va Samarqand hokimi ashtarxoniy Boqi Muhammadxon o`rtasida 1601 yil bo`lgan jangda Pirmuhammad engiladi va o`ldirildi. Abdullaxon II vafotidan 3 yil o`tib bir asr yashagan shayboniylar hukmronligi 1601 yil barham topdi. Tayanch so`zlar: Dashti Qipchoq, O`zbek ulusi, Shayboniylar, Buxoro xonligi. XVI asrda Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Shayboniylar islohati. Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo`lida islohatlar o`tkazdi: 1) u davlat boshqaruvida suyurg’ol tizimini joriy etdi, ya’ni hududlarni boshqarishni farzandlari, qarindosh-urug’lari, birodarlariga topshirdi. Movarounnahrni shayboniylar 1512 yil tamoman egallagach, viloyatlarni qayta taqsimlashni nufuzli vakili Jonibek Sultonga topshirdilar. U Samarqandni Ko`chkinchixonga, Toshkent viloyatini Suyunchxo`jaga, Buxoro va atrofini 149 Ubaydulla Sultonga doimiy merosiy mulk qilib berdi. Lekin suyurg’ol mulklar markaziy hokimiyatdan mustaqil bo`lishga intilgan. 2) Er-suv qaytadan taqsim qilinib, ko`chmanchi qabila zodagonlari o`z mulklarini engilgan mahalliy mulkdorlar mol-mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan erlarni o`zlariniki qilib olish yo`li bilan ko`paytirib oldilar. 3) Mamlakat ichida ijtimoiy hayotni tartibga solishga imkon beruvchi islohat o`tkazildi. Keyingi 10 yil ichida soliqlar og’irligidan va mulkdorlar zulmidan er- suvlarini tashlab ketgan xo`jaliklar erlarini ishga tushirish masalasi ko`rib chiqildi. 4) Shayboniyxon 1507 yil pul islohati o`tkazdi va katta shaharlarda vazni bir xil 5,2 gr. kumush tangalar va mis chaqa pullar zarb qilinib, muomalaga chiqarildi. Pul islohati-iqtisodiyotni tartibga solish va savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida o`tkazilgan edi. Pul islohati dehqonlarning soliq to`lash imkoniyatini oshirishga, davlat va xon mulkini ko`paytirishga imkon berdi. Shayboniyxon amalga oshirgan bu tadbirlar markaziy hokimiyatni mustahkamlashga xizmat qilishi zarur edi. Shayboniy vafotidan so`ng o`zaro taxt uchun kurashlar va Eron bosqinchilariga qarshi kurash iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko`rsatdi. Bu hol pul qadrsizlanishiga olib kelgan. Oliy hukmdor Ko`chkinchixon navbatdagi pul islohatini o`tkazishga majbur bo`lgan, shu yo`l bilan ahvol bir maromga tushishiga erishilgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling