Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Buxoro xonligi
tashkil topishi 
Xonlikning tashkil topishi. Shayboniylar urf-odatiga ko`ra taxtga yoshi 
kattasi o`tqazilgan. Shayboniyxon halok bo`lgach taxtga amakisi Ko`chkinchi 
Sulton o`tqazilgan, bu urf-odatiga XVI asr 40-yillaridan so`ng rioya etilmay 
qo`yilgan. Ko`chkinchixondan so`ng o`g’li Abu Said (1530-1533) taxtga o`tirdi. 
Undan keyin Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o`g’li Ubaydullaxon 
(1533-1540) hukmronlik qildi.
Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko`chirdi. U Buxoroga 
otameros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon Buxoro hokimligini 
Ubaydullaxonning otasi Mahmud Sultonga bergan edi. Shayboniylarning 
Movarounnahrda tashkil etgan davlati (Ubaydullaxon davrida) endi rasmiy 
ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo`ldi. 
Ubaydullaxon Ismoil Safaviyning hujumini bartaraf etib Movarounnahrni 
harbiy-siyosiy tazyiqdan saqlab qoldi, bu davrda Buxoroning markaz sifatidagi 
nufuzi oshdi. Ubaydullaxon Buxoro davlatining chegaralarini Shayboniyxon 
davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi, u Hirotni ishg’ol etgan Eron 
qo`shinini bir necha marta mag’lubiyatga uchratgan edi, mamlakat ichkarisidagi 
o`zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi.
Ubaydullaxon vafot etgach ichki ziddiyatlar yana kuchayib, hokimiyat 
uchun kurash boshlandi. Shayboniyxon avlodlarining har biri o`z ota meros 


147 
bo`lgan hududda mustaqillikka intilar, taxtga da’vogar edi. Ko`chkinchixonning 
o`g’li Abdullaxon I ning qisqa hukmronligidan so`ng qo`sh hokimiyatchilik 
vujudga kelib, bir davlatda ikki hukmdor paydo bo`ldi: 1) Buxoroda 
Ubaydullaxonning o`g’li Abdulazizxon. 2) Samarqandda Ko`chkinchixonning 
o`g’li Abdulatifxon hukumdorlik qila boshladi.
Abdullaxon II hukmronligi. Mamlakat bir necha mustaqil hokimliklarga 
bo`linib ketgan sharoitda parokandalikka chek qo`yish va markaziy hokimiyatni 
tiklash uchun Miyonqol hokimi Iskandar Sultonning o`g’li Abdullaxon II (1534-
1598) kurash maydoniga chiqdi. U Shayboniylarning yorqin vakillaridan biri, 
Jonibek Sultonning nabirasi bo`lgan. Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinidagi 
Jo`ybor qishlog’ida yashovchi shayx Muhammad Islomning ixlosi katta bo`lganligi 
Abdullaxonga ham bu kurashda katta madad bo`ldi.
Muhammad Islomning oq fotihasi va ko`magi bilan Abdullaxon 1556 yil 
Buxoro taxtini amalda egalladi. U Xorazm va Xurosonni Movarounnahrga 
birlashtirish uchun ko`p janglar olib bordi. 1574-1595 yy. Balx, Samarqand, 
Toshkent va Farg’onani, Badaxshon va Xorazmni zabt etdi va o`z davlatiga 
qo`shib oldi. Abdullaxon davlati sarhadlari janubda - Hirotdan Mashhadgacha, 
shimolda - Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko`lgacha etdi. 
Movarounnahr, Xorazm, Xuroson yana yagona hukmdor qo`li ostida birlashtirildi. 
Buxoro xonligi XVI asr oxiriga kelib nisbatan markazlashgan ulkan davlatga 
aylandi. Rossiyada bu davlatni “Velikaya Buxariya” (Buyuk Buxoro) deb atagan. 
Shayboniylar XVI asrda etakchi sulola bo`ldi. SHayboniylarning eng 
qudratli vakili Abdullaxon II davrida o`zbek davlatchiligi o`z tarixida yana bir bor 
yuksak darajaga ko`tarila oldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling